“Tafsir” fanidan oçiq dars
“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi Ğayrat domla Rizayev tomonidan 302-guruh talabalariga “Tafsir” fanidan “Mujodala surasi tafsiri” mavzusida oçiq dars maşğuloti ötkazildi.



Oçiq darsda ta’lim muassasasi öquv işlari böyiça direktor örinbosari Olloyor domla Omonov, Surxondaryo viloyati vakili, Ulamolar Kengaşi a’zosi Rasuljon domla Abdullayev, viloyat boş imom-xatibi örinbosari Yaxyo domla Oçilov, ta’lim muassasasi katta öqituvçisi Hoşimjon domla Nizomiddinov, Nasrullo domla Töxtaevlar hamda pedagog-öqituvçilar iştirok etdilar.
Dars davomida Mujodala surasining nozil böliş sabablari, mazmun-mohiyati, unda bayon etilgan aqidaviy, axloqiy va ijtimoiy masalalar atrofliça yoritildi. Şuningdek, suradagi oyatlarning tafsiri, ularning bugungi kundagi hayotiy ahamiyati hamda musulmon kişi uçun beradigan ibrat va saboqlariga alohida e’tibor qaratildi.



Maşğulot davomida talabalar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda faol iştirok etib, bilim va könikmalarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.
Oçiq dars yakunida Surxondaryo viloyati vakili, Rasuljon domla Abdullayev maşğulot yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, darsning mazmuni, ötilgan mavzuning dolzarbligi va öqituvçining darsni taşkil etiș mahoratiga alohida töxtalib ötdi.



Şuningdek, bunday oçiq dars maşğulotlari ta’lim sifatini oşiriş, öqituvçilarning tajriba almaşişi hamda talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etișini ta’kidladi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar