“TAFSIR ILMINING AHAMIYATI VA SUN’IY INTELLEKT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi Hoşimjon domla Nizomiddinov tomonidan 3-kurs talabalari iştirokida “Tafsir” fan oyligi munosabati bilan “Tafsir ilmining ahamiyati va sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.


Tadbirda ta’lim muassasasi öquv işlari böyiça direktor örinbosari Olloyor domla Omonov, öqituvçi Ğayrat domla Rizayev hamda talabalar iştirok etdilar.
Davra suhbatida tafsir ilmining Qur’oni karim oyatlarini töğri anglaş, ularning mazmun-mohiyatini çuqur tuşuniş hamda islom ta’limotini ilmiy asosda örganişdagi beqiyos ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi. Şuningdek, mufassirlarning ilmiy merosi, tafsir ilmida qöllaniladigan uslub va metodlar, oyatlarning nozil böliş sabablari hamda ularni şarhlaşda zarur bölgan ilmiy mezonlar haqida ma’lumotlar berildi.



Suhbat davomida bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining diniy-ma’rifiy sohadagi imkoniyatlari va ulardan foydalaniş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, sun’iy intellekt yordamida diniy ma’lumotlarni izlaş, tahlil qiliş va örganiş imkoniyatlari bilan bir qatorda, uning javoblarini işonçli manbalar asosida tekşiriş, Qur’oni karim oyatlari va hadislarni talqin qilişda unga mutlaq işonib qolmaslik lozimligi ta’kidlandi.



Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar