10.11.2026

YÖL HARAKATI XAVFSIZLIGI — HAR BIRIMIZNING BURÇIMIZDIR

Bugun “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasida “Yöl harakati xavfsizligi — har birimizning burçimizdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbirda ta’lim muassasasi direktori Kamol domla Islamov, Surxondaryo viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi axborot xizmati rahbari Elnur Abrayev, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Imomiddin domla Boboqulov, şuningdek, ta’lim muassasasi öqituvçi va talabalari iştirok etdi.

Tadbir davomida yöl harakati xavfsizligining jamiyat hayotidagi örni, yöl-transport hodisalarining oldini oliş, harakat iştirokçilarining huquq va majburiyatlari, yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya etişning ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi.

Mutaxassis tomonidan piyodalar, haydovçilar va yölovçilar amal qilişi lozim bölgan xavfsizlik qoidalari, yöllarda uçraydigan xavfli vaziyatlar hamda ularning oldini oliş çoralari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Şuningdek, yoşlar örtasida yöl harakati madaniyatini şakllantiriş, har bir insonning öz hayoti va boşqalarning xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondaşişi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.

Zero, yöl harakati qoidalariga rioya qiliş — nafaqat qonuniy talab, balki inson hayoti va salomatligini asraşga qaratilgan muhim mas’uliyatdir.


“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar