“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL BELLAŞUVI YUQORI SAVIYADA ÖTKAZILDI
“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari örtasida "16-noyabr — Xalqaro diniy bağrikenglik kuni" hamda "Hakim Termiziyning 1200 yillik yubileyi" munosabati bilan “Zakovat” intellektual bellashuvi kötarinki ruhda va yuqori saviyada taşkil etildi.



Mazkur bellaşuvda ta’lim muassasasidagi har bir guruhdan bittadan, jami 6 ta jamoa iştirok etdi. Jamoalar buyuk allomalar va islom ilm-fani namoyandalarining nomlari bilan — Imom Buxoriy, Moturidiy, Nasafiy, Imom Termiziy, Varroq Termiziy hamda Hakim Termiziy nomlari ostida bellaşdilar.
Şundan söng tadbirni ta’lim muassasasi direktor örinbosari Imomiddin domla Boboqulov oçib berdi. U öz sözida bunday intellektual bellaşuvlar talabalarning bilim saviyasini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy merosini çuqur örganişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. Şuningdek, tanlovning şartlari va tartib-qoidalari iştirokçilarga batafsil tuşuntirildi.





Bellaşuv savollari Hakim Termiziyning “Nodir asllar” hamda “Namoz va uning maqsadlari” nomli asarlari asosida şakllantirildi. Iştirokçilar uşbu asarlarda ilgari surilgan ilmiy, ma’rifiy va ma’naviy masalalar yuzasidan öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.



️Bellaşuv davomida jamoalar özaro bilim, zehn, tezkor fikrlaş va mantiqiy tafakkur borasida raqobatlaşib, har bir savolga aniq va asosli javob berişga intildilar. Murosasiz keçgan bellaşuv yakunida jamoalarning töplagan ballari hakamlar tomonidan umumlaştirilib, ğoliblar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga köra, quyidagi jamoalar ğolib deb topildi:
1-örin — Imom Termiziy jamoasi
2-örin — Hakim Termiziy jamoasi
3-örin — Moturidiy jamoasi




Ğolib jamoalar ta’lim muassasasi tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan munosib taqdirlandi. Tadbir söngida bunday intellektual bellaşuvlar talabalarning bilim salohiyatini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mustaqil va mantiqiy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini örganişga bölgan qiziqişini yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.
Mazkur bellaşuv talabalarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, ular örtasida sağlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda ta’lim muassasasi intellektual va ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlaş yölida muhim qadam böldi.
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar