19.11.2026

“Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni topşirildi

"16 noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni" munosabati bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Diniy bağrikenglik” kökrak nişonini topşiriş marosimi bölib ötdi.



Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyicha örinbosari Abdurasul Abduraxmonov, viloyat bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Imom Termiziy NII katta öqituvçisi Hoşimjon domla Nizomiddinov, “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi xodimi Alişer domla Örazov, şuningdek, boshqa mehmonlar iştirok etdi.

Diniy bağrikenglik, millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan bir guruh yurtdoşlarimiz nişon bilan taqdirlandilar.

Viloyat hokimining örinbosari Abdurasul Abduraxmonov sözga çiqib, mukofot sohiblarini samimiy tabrikladi.

Şundan söng, “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni quyidagilarga topşirildi:

Dilşod Öroqov -Viloyat hokimi örinbosarining kotibiyat mudiri;
Hoşimjon Nizomiddinov - Imom Termiziy nomidagi islom instituti katta öqituvchisi;
Alisher Örazov - Imom Termiziy örta maxsus islom ta’lim muassasasi bölim boşliği;
Olimjon Sevarov - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi;
Akbar Saidov - Jarqörğon tumani bosh imom-xatibi.

Ma’lumot uchun: “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 sentabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan. U diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni tarğib etiş, e’tiqod erkinligini ta’minlaş va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimiz hamda xorijiy fuqarolarga topşiriladi.

Izoh qoldirish

Izohlar