Millatlararo va dinlararo bağrikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili
Bugun Imom Termiziy nomidagi islom institutida “Millatlararo va dinlararo bağrikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.



Tadbirda ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Imomiddin domla Boboqulov, Imom Termiziy nomidagi islom instituti öqituvçisi Hoşimjon domla Nizomiddinov hamda talabalar iştirok etdilar.
Tadbir davomida millatlararo totuvlik, dinlararo bağrikenglik, jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşning ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi. Şuningdek, yurtimizda turli millat va din vakillarining tinç-totuv yaşaşi, ularning huquq va erkinliklari ta’minlanişi, özaro mehr-oqibat va hurmat tamoyillariga asoslangan munosabatlarning qaror topişida bağrikenglikning örni alohida ta’kidlandi.



Ma’ruzaçilar tomonidan islom dinining insonparvarlik, tinçliksevarlik, özaro hurmat va ezgulik kabi yuksak qadriyatlari haqida fikrlar bildirilib, bağrikenglik hamda hamjihatlik tuyğularini şakllantiriş muhim vazifa ekani qayd etildi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar