ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ALI HAKIM TERMIZIY: HAYOTI, ASARLARI VA ILMIY MEROSI
Bugun “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasida islom olamining yetuk allomalaridan biri "Hakim Termiziyning 1200 yillik yubileyi" munosabati bilan 4-kurs talabalari uçun “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hakim Termiziy: hayoti, asarlari va ilmiy merosi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy dars taşkil etildi.



Darsni ta’lim muassasasi öqituvçisi Olim domla Xusanboyev olib bordi. Unda ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Imomiddin domla Boboqulov hamda 4-kurs talabalari iştirok etdilar.
Maşğulot davomida Hakim Termiziyning hayot yöli, ilmiy faoliyati, yaşab ijod etgan davri, şakllanişiga ta’sir körsatgan ilmiy va ma’naviy muhit haqida atrofliça ma’lumotlar berildi. Xususan, allomaning hadis, tasavvuf, aqida, axloq va inson ruhiyati bilan boğliq qaraşlari, islom tafakkuri rivojiga qöşgan beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.



Şuningdek, dars jarayonida Hakim Termiziyning maşhur asarlari, ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy qaraşlar hamda allomaning boy ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Uning ilmiy merosi nafaqat öz davrida, balki keyingi asrlarda ham musulmon olamidagi köplab olim va mutafakkirlar uçun muhim manba bölib xizmat qilgani qayd etildi.



Bunday ilmiy-ma’rifiy maşğulotlar buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini yoş avlodga yetkaziş, talabalarda milliy va diniy qadriyatlarga hurmat tuyğusini mustahkamlaş, şuningdek, ularning ilmiy dunyoqaraşi va tafakkurini rivojlantirişga xizmat qiladi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar