14.02.2026

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Buyuk shoir va davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan" ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markaz katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jo‘rabek Cho‘tmatov Boburning boy ilmiy-adabiy merosi, davlat boshqaruvidagi faoliyati hamda uning ibratli hayot yo‘li haqida ma’ruza qildi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan savol-javoblar tashkil etilib, Bobur merosining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ma’naviyat va tarixiy xotira uyg‘unlashgan mazmunli tadbir yoshlarda milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

️"Imom Termiziy" O‘MITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar