DINIY BAĞRIKENGLIK – YANGI ÖZBEKISTON IJTIMOIY BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, undagi tinçlik, osoyiştalik, özaro hurmat va hamjihatlik muhitiga boğliq. Turli millat va elatlar, turli din hamda e’tiqod vakillari istiqomat qiladigan mamlakatlarda diniy bağrikenglik ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovçi muhim omillardan biri hisoblanadi. Zero, bağrikenglik insonlarning bir-birining diniy qaraşlari, e’tiqodi, urf-odatlari va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bölişini anglatadi.
Özbekiston qadimdan turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va dinlar tutaşgan hudud sifatida şakllangan. Xalqimizning tarixiy an’analari, mehr-oqibat, özaro hurmat va insonparvarlik kabi qadriyatlari turli e’tiqod vakillarining tinç-totuv yaşaşiga zamin yaratib kelgan.
Bugungi kunda Yangi Özbekistonda inson qadri, huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida namoyon bölmoqda. Xususan, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barça insonlar uçun teng huquq va imkoniyatlar yaratiş masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmasligi ham uşbu huquqning muhim kafolatlaridan biridir.
Şuningdek, 2021-yilda yangi tahrirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonun fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oşiriş hamda diniy taşkilotlar faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Bu boradagi islohotlar jamiyatda diniy erkinlik, qonun ustuvorligi va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Diniy bağrikenglik faqat turli din vakillarining bir hududda yaşaşi bilan çeklanmaydi. U, eng avvalo, özaro hurmat, hamkorlik, murosa va inson qadrini e’zozlaş kabi tamoyillarda namoyon böladi.
Özbekiston köp millatli va köp konfessiyali davlat hisoblanadi. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalar vakillari öz e’tiqodlariga muvofiq faoliyat olib boriş imkoniyatiga ega. Bunday muhit jamiyatda özaro işonçni kuçaytiriş, ijtimoiy kelişuvni mustahkamlaş va turli qaraşlar örtasida muloqotni rivojlantiriş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuni alohida ta’kidlaş lozimki, diniy bağrikenglik jamiyatni turli nizolar, adovat va murosasizlikdan asraşda ham muhim örin tutadi. Çunki özaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan jamiyatda tinçlikni saqlaş, bunyodkorlik işlarini amalga oşiriş hamda umumiy taraqqiyot maqsadlari yölida birlaşiş imkoniyati kengayadi.
Xulosa qilib aytganda, diniy bağrikenglik Yangi Özbekistonning ijtimoiy barqarorligi, tinçligi va taraqqiyotini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega. Turli millat va din vakillari örtasida özaro hurmat, işonç va hamjihatlikni mustahkamlaş jamiyatning ma’naviy salohiyatini yuksaltiradi.
Diniy bağrikenglikni rivojlantiriş faqat davlat yoki muayyan taşkilotlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning insoniylik burçidir. Zero, tinçlikni asraş, özaro hurmatni qaror toptiriş va jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlaş barçamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Şunday ekan, Yangi Özbekistonda diniy bağrikenglik tamoyillarini izçil rivojlantiriş, yoş avlod qalbida bağrikenglik va insonparvarlik fazilatlarini şakllantiriş mamlakatimizning kelajakdagi barqaror taraqqiyoti uçun mustahkam zamin bölib xizmat qiladi.
Abdulbosit domla Xamidov - “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi islom tarixi fani öqituvçisi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar