06.11.2026

Namozning farz bölişi

Namoz arabçada “solat” deyilib, luğatda “yaxşilikkka duo” degan ma’noni anglatadi.

Şariatda esa, takbir bilan boşlanib, salom  beriş bilan tugaydigan zarur şartga ega amal namoz deyiladi. 

Namoz Isro keçasida Payğambarimiz s.a.v ning hijratlaridan bir yarim yil oldin farz bölgan. 

Beş vaqt namoz farzligi Qur’onda ham, sunnatda ham, ijmo’da ham qayta-qayta ta’kidlangan. Namoz baloğatga yetgan har bir musulmon uçun farzi ayn bölib, har kim özi uçun namoz öqimoği farzdir. Namozning farzligini inkor qilgan kişi kofir böladi. Namoz Islom dinining ikkinçi rukni, kalimai şahodatdan keyingi eng uluğ farz hisoblanadi. Namoz kişini buzuqlik va yomonliklardan qaytaradi. Odob va şartlariga muvofiq ado etilgan namoz rizq mölligining boşidir. Namozni masjidlarda jamoat bilan öqişning alohida fazilati va afzalligi bor.

Jamoat namozi tartib va intizomga muhabbat qöydiruvçi, solih yölboşçining buyruq va qaytariqlariga itoat ettiruvçi murabbiydir. Nima uçun bunday bölmasin? Axir ular özlarining imomlariga iqtido qladilar, imomlari takbir aytsa, ular ham takbir aytadilar, ruku qilsa, ruku qiladilar, sajda qilsa, sajda qiladilar. Sözda undan oldin ötib kelmaydilar, amalda esa unga qarşi çiqmaydilar. 

Musulmonlarning jamoatini hosil qiladigan Alloh taoloning baytlari bölmiş masjidlardan köra uluğroq makon yana qayerda bor!?

Musulmonlarning qalblarini bir-biriga ulfat etadigan jamoat namozidan özga qulayroq yana nima bor!?

Alloh taolo Qur`oni karimda şunday marhamat qiladi.

“Namozni tökis ado etinglar. Albatta, namoz möminlarga vaqtida farz qilingandir”.

Bu oyati karima namozning farzligi haqidagi oyatlarning biri bölib, undagi undagi namozni tökis ado etiş haqidagi buyruq farzni ifoda etadi. Namozning vaqtida farz qilinişi esa uni öz vaqtida ado etiş lozimligini anglatadi. 

Yana Alloh taolo Qur’oni karimda şunday marhamat qiladi.

“Va namozni tökis ado et. Albatta, namoz fahş va munkar (işlar) dan qaytaradilar”. 

Bu oyatdagi amr ham farzni ifoda etadi, şu bilan birga, oyatda namozning hikmatlardan biri-haqiqiy namoz öz egasini fahş va yomon işlardan qaytarişi ta’kidlanmoqda. 

 

Dovutov Sayyidburxon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar