11.11.2026

MILLAT EMAS, FAZILAT MEZON

Insoniyat tarixiga nazar taşlasak, tinçlik va taraqqiyot qaror topgan jamiyatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri — ahillik va hamjihatlik ekanini köramiz. Qayerda insonlar bir-birini hurmat qilsa, turli millat va din vakillari özaro bağrikenglik asosida yaşasa, öşa yerda osoyiştalik, obodlik va farovonlik qaror topadi. Aksinça, murosasizlik va adovat kuçaygan joyda nizo va beqarorlik paydo böladi.

Bugun yurtimizda turli millat va elat vakillarining tinç-totuv, özaro hurmat va hamjihatlikda yaşayotgani ana şu ezgu qadriyatlarning hayotimizda neçoğlik muhim örin tutişidan dalolat beradi.

Islom dini insonlarni millati, irqi yoki kelib çiqişiga qarab ajratişni qoralaydi. Zero, Islom tarixining özi turli millat va elat vakillarining birodarlik va tenglik asosida birlaşganiga yorqin misoldir.

Sahobai kiromlar orasida ham turli millat vakillari bölgan. Masalan, Salmoni Forsiy roziyallohu anhu fors, Bilol Habaşiy roziyallohu anhu habaş, Suhayb Rumiy roziyallohu anhu esa rumlik edilar. Ularni birlaştirgan asosiy omil millat emas, balki iymon, ezgulik va taqvo edi.

Qur’oni karimda insonlarning turli xalq va qabilalarga bölinişi haqida şunday marhamat qilinadi:

«Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanişişingiz uçun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Alloh nazdida eng azizu mukarramroğingiz taqvodorroğingizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir».  (Hujurot surasi, 13-oyat).

Bu oyat insonlar örtasidagi milliy va etnik tafovutlar ustunlik belgisi emasligini, aksinça, özaro tanişiş, hamkorlik va bir-birini hurmat qiliş uçun berilgan imkoniyat ekanini körsatadi.

Şu nuqtai nazardan qaraganda, qaysi millat va elat vakili bölişimizdan qat’i nazar, barçamiz bir ota-onadan tarqalgan insonlarmiz. Demak, özaro hurmat va mehr-oqibatni asraş — umuminsoniy burçimizdir.

Payğambarimizdan ibrat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari insonlar bilan qanday munosabatda böliş borasida barçamiz uçun yuksak namunadir. U zot nafaqat musulmonlarga, balki boşqa din vakillariga nisbatan ham adolat, hurmat va bağrikenglik bilan munosabatda bölganlar.

Rivoyat qilinişiça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan oldin bir ğayridin kişidan buğdoyni qarzga olganlar va sovutlarini garovga berganlar.

Bu voqea oddiy bir muomala emas, balki katta ma’naviy saboqdir. Çunki Payğambarimiz alayhissalom sahobalaridan yordam söraşlari ham mumkin edi. Ammo bu voqea orqali U zotning özga din vakillari bilan ham adolatli, halol va yaxşi munosabatda bölganlari namoyon böladi.

Bugungi hayotimizda ham bu ibrat öz ahamiyatini yöqotmagan. Bir mahalla, bir jamoa, bir yurtda yaşar ekanmiz, turli millat va din vakillari bilan özaro hurmat va hamkorlik asosida munosabat örnatişimiz zarur.

Yaxşi muomala — ezgulik közgusi

Insonning xulqi va muomalasi uning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Ayniqsa, özini muayyan din vakili deb bilgan kişi özining odobi, halolligi, mehr-oqibati va bağrikengligi bilan boşqalarga namuna bölişi kerak.

Zero, ba’zan bir insonning xatti-harakatidan butun bir din yoki millat haqida notöğri tasavvur paydo bölişi mumkin. Şuning uçun har bir musulmon öz muomalasi va xulqi bilan Islomning tinçlik, mehr-oqibat va ezgulikka çorlovçi mohiyatini namoyon etişi muhim.

Islom dini insonlarni yaxşilik qilişga, adolatli bölişga, qarindoş-uruğ va qöni-qöşnilar bilan yaxşi munosabatda yaşaşga çaqiradi. Bu qadriyatlar jamiyatda özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Tinçlikni asraş — barçamizning vazifamiz

Tinçlik — inson hayotidagi eng uluğ ne’matlardan biri. Uni asraş va qadrlaş faqat davlat yoki jamoat taşkilotlarining emas, har bir insonning vazifasidir.

Bugungi murakkab dunyoda turli millat va din vakillari örtasida özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlaş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, jamiyatda tinçlik va totuvlik bölsa, insonlar ertangi kunga işonç bilan qadam qöyadi, farzandlar osoyişta ulğayadi, yurt taraqqiy etadi.

Şu bois har birimiz bağrikenglikni hayotimiz mezoniga aylantirib, atrofimizdagilarga hurmat va mehr bilan munosabatda bölişimiz lozim. Millatlar turfa bölişi mumkin, ammo tinçlikka, osoyiştalikka va farovon hayotga intiliş barçamiz uçun muştarakdir.

Alloh taolo yurtimizda yaşayotgan barça millat va elat vakillariga tinçlik-xotirjamlik, özaro hurmat va hamjihatlikda hayot keçirişni nasib etsin. Yurtimiz osmoni hamişa musaffo, xonadonlarimiz tinç, xalqimiz ahil va birdam bölsin.

 

Omonov Olloyor - “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi  Öquv işlar böyiça direktor örinbosari 

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar