DINIY BAĞRIKENGLIK — TINÇLIK VA HAMJIHATLIK GAROVI
Bugungi globallaşuv davrida dunyoda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, turli millat va din vakillari örtasida özaro hurmat, hamjihatlik hamda bağrikenglik muhitini mustahkamlaş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Çunki insoniyat tarixidan ma’lumki, diniy va milliy nizolar jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tösiq bölib, tinçlik va osoyiştalikka tahdid solgan. Şu bois diniy bağrikenglik tamoyillariga amal qiliş, turli e’tiqod vakillarining huquq va erkinliklarini hurmat qiliş har bir jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.
Diniy bağrikenglik — turli diniy e’tiqod va qaraşlarga ega insonlarning özaro hurmat, tuşuniş va hamjihatlik asosida yaşaşidir. Bu tuşunça insonning öz diniy e’tiqodiga sodiq qolgan holda boşqa din vakillarining ham vijdon erkinligi va e’tiqod huquqini tan olişini anglatadi. Bağrikenglik barça dinlarni bir xil deb hisoblaş emas, balki özaro farqlarni hurmat qiliş, adovat va kamsitişga yöl qöymaslikdir.
Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari ham bağrikenglik va insonparvarlikning yorqin namunasidir. U zot turli din vakillari bilan muomala qilişda adolat, va’daga vafo, qöşniçilik va insoniy hurmat tamoyillariga amal qilganlar. Madinada turli diniy va ijtimoiy guruhlar örtasida tuzilgan Madina sahifasi ham jamiyatda tinç-totuv yaşaş, özaro mas’uliyat va huquqlarni hurmat qilişning tarixiy namunasidir.
Özbekiston qadimdan turli millat va din vakillari tinç-totuv yaşab kelgan maskan sifatida tanilgan. Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan yurtimizda turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va diniy qaraşlari özaro uyğunlaşgan. Bugungi kunda ham mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta’minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi kafolatlangan. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Şuningdek, diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmasligi belgilangan. Bu tamoyillar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlik muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.
Diniy bağrikenglikni mustahkamlaşda ta’lim muassasalari, ayniqsa, diniy ta’lim muassasalarining örni beqiyosdir. Yoş avlodga dinning asl insonparvarlik mohiyatini, tinçlik va mehr-oqibat ğoyalarini töğri yetkaziş, ularda boşqa din va millat vakillariga nisbatan hurmat tuyğusini şakllantiriş muhim vazifalardan sanaladi. Bunda diniy manbalarni çuqur örganiş, mutaassiblik va jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşiş alohida ahamiyatga ega.
Ayniqsa, bugungi axborot asrida ijtimoiy tarmoqlar orqali turli buzğunçi ğoyalar, diniy adovat va murosasizlikni tarğib qiluvçi materiallar tarqalişi mumkin. Şu sababli har bir inson axborotdan foydalanişda huşyor bölişi, tekşirilmagan ma’lumotlarga işonmasligi va turli nizolarni keltirib çiqaruvçi çaqiriqlardan yiroq turişi lozim.
Xulosa qilib aytganda, diniy bağrikenglik — jamiyatda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotning muhim omilidir. Har bir insonning e’tiqodi, millati va dunyoqaraşidan qat’i nazar, uning şa’ni, qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qiliş insoniylikning yuksak namunasidir. Zero, tinçlik hukm surgan, özaro hurmat va bağrikenglik qaror topgan jamiyatdagina ilm-fan, ma’rifat va taraqqiyot ravnaq topadi. Şunday ekan, diniy bağrikenglikni kundalik hayotimizning muhim tamoyiliga aylantiriş barçamizning fuqarolik va insoniy burçimizdir.
Sirojiddin Qurbonov – “Imom Termiziy” ÖMITM matbuot kotibi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar