Ahli-sunna val-jamoaning “Al-aslah” masalasida Mötaziliya firqasiga raddiyasi
Raddiya
Islom aqidasida Alloh taoloning adolati, hikmati, irodasi va bandalariga nisbatan munosabati muhim masalalardan hisoblanadi. Bu borada islom tarixida turli aqidaviy maktablar örtasida ilmiy bahslar yuzaga kelgan. Ana şunday bahsli masalalardan biri Mötaziliylar ilgari surgan “Al-aslah” aqidasidir.
“Al-aslah” arabça söz bölib, «eng yaxşi», «eng manfaatli» degan ma’nolarni anglatadi. Mötaziliylarning ayrim namoyandalari Alloh taoloning zimmasida bandalari uçun eng yaxşi va manfaatli bölgan işni qilişi vojib, deb hisoblaganlar. Ularning fikriça, Alloh bandalariga bundan ham yaxşiroq imkoniyat berişi mumkin böla turib, uni bermasa, bu ilohiy adolatga muvofiq bölmaydi deyişadi.
Ahl as-sunna val-jamoa ulamolari uşbu qaraşni tanqid qilib, Alloh taologa heç kim tomonidan majburiyat yuklanmasligini ta’kidlab uşbu nazariyani bir neça jihatdan rad etganlar.
Birinçidan, Alloh taologa heç kim majburiyat yuklay olmaydi.
Alloh taolo butun borliqning Yaratuvçisi va mutlaq Hukmdoridir. Unga heç kim buyruq bera olmaydi.
Qur’oni karimda şunday marhamat qilinadi:
«U zot qilgan işidan söralmas. Ular esa söralurlar».
(Anbiyo surasi, 23-oyat)
Demak, Alloh taologa biror işni qilişni vojib deb belgilaş töğri emas. Bu Allohning adolatsizligi yoki hikmatsizligi degani emas. Aksinça, Uning barça işlari hikmatga asoslangan.
Ikkinçidan, inson aqli barça narsaning haqiqiy manfaatini anglay olmaydi.
Inson ayrim narsalarni foydali, boşqalarini zararli deb hisoblaydi. Lekin ularning kelajakdagi barça oqibatlarini bila olmaydi.
Alloh taolo Baqara surasining 216-oyatida şunday marhamat qiladi:
«Şoyadki, sizlar yomon körgan narsa sizlar uçun yaxşi bölsa. Va şoyadki, sizlar yaxşi körgan narsa sizlar uçun yomon bölsa. Alloh bilur, sizlar bilmaysizlar».
Bu oyat inson ilmining çeklanganligini, Allohning ilmi esa mukammal ekanini körsatadi.
Uçinçidan, dunyo hayoti sinov maydonidir.
Agar inson hayotidagi barça voqealarni faqat dunyoviy manfaat bilan baholasak, musibatlar, kasalliklar va qiyinçiliklarning hikmatini tuşunişda qiynalamiz.
Alloh taolo Mulk surasining 2-oyatida insonlarni sinaş uçun ölim va hayotni yaratganini bayon qiladi.
Demak, dunyoda yuz beradigan har bir hodisani faqat insonning xohişi va qulayligi bilan ölçab bölmaydi. Ayrim sinovlar sabrga, tavbaga va ma’naviy kamolotga sabab bölişi mumkin.
Törtinçidan, Allohning fazli majburiyat emas.
Alloh taolo bandalariga rizq, soğlik, hidoyat va boşqa behisob ne’matlarni beradi. Bular Uning fazli va rahmatidir.
Allohning bandalariga yaxşilik qilişi e’tirof etiladi. Ammo bu yaxşilikni Unga taşqi tomondan yuklangan majburiyat deb tuşuniş notöğri.
“Al-aslah” masalasini tuşuntiriş uçun Abu Hasan al-Aş’ariy va Mötaziliy olimi Abu Ali al-Jubboiy örtasidagi maşhur “uç aka-uka” munozarasi keltiriladi.
Rivoyatga köra, uç aka-ukadan biri yoşligida vafot etib, jannatga kiradi. Ikkinçisi ulğayib, solih amallar qiladi. Uçinçisi esa ulğayib, gunohkor böladi.
Munozarada quyidagi savol örtaga taşlanadi:
Agar birinçi aka-uka ulğayganida solih amallar qilib, yuqori darajalarga erişişi mumkin bölsa, nega u yoşligida vafot etdi?
Bunga uning kelajakda gunohkor bölişi mumkinligi sabab qilib körsatiladi.
Şunda yana savol tuğiladi: agar uçinçi aka-ukaning ham gunohkor bölişi ma’lum bölgan bölsa, nega u ham yoşligida vafot ettirilib, azobdan saqlanmadi? Abu Ali al-Jubboiy javob berolmasdan töxtab qoladi
Imom Abu Mansur al-Moturidiy va Imom Abul Hasan al-Aş’ariy rahimahumallohlar Alloh taoloning mutlaq qudrati, irodasi va hikmatini e’tirof etganlar. Moturidiy ta’limotida Allohning barça işlari hikmatga asoslanganligi alohida ta’kidlanadi. Biroq Allohga bandalari uçun muayyan işni qiliş majburiyatini yuklaş qabul qilinmaydi.Aş’ariy ta’limotida ham Alloh taologa aql orqali biror amalni vojib qiliş rad etiladi. Bu ikki maktabning ayrim kalomiy tafsilotlarda farqlari mavjud bölsa-da, Allohni maxluqot tomonidan majburiyat ostiga qöyiş mumkin emasligi masalasida umumiy qaraşda bir xil fikrda bölganlar.
Bu mavzudan olinadigan xulosa şuki: Alloh taolo bandalariga zulm qilmaydi, ularga rahmat va fazl körsatadi, Mötaziliylar öylaganidek heç kim Unga biror işni majburiyat qilib yuklay olmaydi. Allohning ilmi mukammal, hikmati çeksiz va irodasi mutlaqdir. Allohim barçamizni soğlom e’tiqodda jamlasin!
Töxtayev Nasrullo – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muaşasasi öqituvchisi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar