17.09.2022

TERMIZ ARXEOLOGIYA MUZEYGA SAYOXAT

Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1,2,3-kurs talabalari, o‘qituvchilari va xodimlari 2022 yil 17-sentyabr kuni dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng 2001 yilda Termizning 2500 yilligi sharafiga tashkil qilingan Termiz arxeologik muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda Termiz va termiziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq ogʻzaki ijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy sanʼati, oʻlka tabiati, sporti, tasviriy sanʼat boʻlimlari hamda 17 ming nusxadan ziyod asarga ega kutubxona va 40 mingdan ortiq eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

Ta'lim muassasasi matbuot xizmati.

Izoh qoldirish

Izohlar