“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi
“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi örtasida ilmiy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni imzolash jarayonida “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Kamol domla Islamov hamda Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxöja domla Inoyatov iştirok etdilar.
Mazkur memorandumning asosiy maqsadi Xojagon-naqşbandiya tariqati, muhaddislar hamda buyuk allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini örganiş, tasavvuf ta’limoti va hadisşunoslik yönalişida ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oşiriş, şuningdek, milliy va diniy merosimizni xalqaro miqyosda keng tarğib qilişdan iborat.
Hamkorlik doirasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boşqa ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş, qölyozma va toşbosma asarlarni izlab topiş, ularni ilmiy tadqiq etiş, tarjima qiliş hamda naşrga tayyorlaş, ilmiy tajriba va mutaxassislar almaşinuvi kabi yönalişlarda qöşma faoliyat olib boriladi.

Şuningdek, yoşlarni yot ğoyalar ta’siridan himoya qiliş, ularda soğlom aqidaviy dunyoqaraşni şakllantiriş, “Jaholatga qarşi ma’rifat” tamoyilini keng tarğib etiş hamda ziyorat turizmini rivojlantiriş borasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Uşbu memorandum ikki taşkilot örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatni oşiriş hamda boy diniy-ma’naviy merosimizni kelajak avlodga yetkaziş yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar