13.11.2026

ISLOMDA OTA-ONAGA EHTIROM

Inson hayotida ota-onaning örni beqiyosdir. Ular farzandining dunyoga kelişiga sababçi bölgan, uning kamoloti yölida bor mehrini, vaqtini va kuçini sarflagan zotlardir. Farzand uçun ota-onaning duosidan uluğ ne’mat, ularning roziligidan qimmatli boylik yöq. 

Islom dini ota-onaga yaxşilik qilişni eng uluğ amallardan biri sifatida e’tirof etadi. Zero, ota-onaga ehtirom körsatiş nafaqat insoniy burç, balki Alloh taoloning amridir.

Alloh taolo Qur’oni karimda şunday marhamat qiladi:

  (وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانا)

«Robbingiz faqat Uning Öziga ibodat qilişingizni va ota-onaga yaxşilik qilişingizni amr etdi».  (Isro surasi, 23-oyat)

Oyatning davomida Alloh taolo ota-onaga hatto «uff» demaslikni, ularga qöpol muomala qilmaslikni va doimo muloyim sözlaşni buyuradi.
         Yana Alloh taolo şunday duo qilişni örgatadi:

  (وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا)

«Robbim, ular meni kiçikligimda tarbiya qilganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin». (Isro surasi, 24-oyat)

Bu oyat farzand ota-onasining xizmatini unutmasligi, ular uçun doimo duo qilib yurişi lozimligini anglatadi.

Abdulloh ibn Amir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda ham ota-onani hurmat qiliş ularni ezozlaşlik va qadirlaşlik roziliklarini topişlik uçun say harakat qilişligimiz öz tasdiğini topadi.

(عن عبد الله بن عمرو ،عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: رضا الرب في رضا الوالد و سخط الرب في سخط الوالد)

«Robbning roziligi ota-onaning roziligidir, Robbning ğazabi esa ota-onaning ğazabidir». (Sunan at-Termiziy)

Buyuk muhaddis va faqih Imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh yoşligidan ilm talab qilişga katta iştiyoq bilan ulğayganlar. U zotning onalari farzandining tarbiyasi va ilm olişi uçun köp mehnat qilganlar. Rivoyatlarda kelişiça, Imom Ahmad yoşligidan ilm majlislariga borişga intilganlar. Onalari esa uning ilm olişi uçun barça şaroitlarni yaratişga harakat qilganlar. Hatto sovuq kunlarda ham öğillarini bomdod namoziga va ilm majlislariga tayyorlab, kuzatib qöyganlar.

Bu voqea onaning farzand tarbiyasidagi fidoyiligini, farzandning esa onasi qilgan mehnatni qadrlaşi lozimligini eslatadi. Eng katta ibrat şundaki, buyuk olimlarning kamolotida köpinça onalarning bedor tunlari, samimiy duolari va çeksiz sabrlari mujassam böladi.

Ota-onaning roziligini topiş — Allohning roziligini topişga eltuvçi uluğ yöllardan biridir. Şuni unutmaylik: ota-onamizning bizga qilgan xizmatlarini heç qaçon töliq qaytara olmaymiz, ammo ularga mehr, hurmat va ehtirom körsatiş orqali farzandlik burçimizni ado etişga intilişimiz mumkin. Ota-onaning roziligini izlaş — Allohning roziligini izlaş yölidagi eng uluğ qadamlardan biridir.

Alloh taolo barçamizga ota-onamizning tirikliklarida xizmatlarini qilişni, duolarini olişni va vafot etganlaridan keyin ham haqlariga duo qilib yurişni nasib etsin. 

 

Abdusalimov Ibodullo - “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar