13.11.2026

Muhammad solallohu alayhi vasallam – payğambarlar silsilasining yakunlovçisi

Muhammad solallohu alayhi vasallam payğambarlar silsilasini yakunlagan zotdir va uning da’vati oldingi samoviy da’vatlarni inkor etmaydi, balki ularni tasdiqlab, mukammal şaklda tugallaydi. 

Payğambarlarning xotami

Muhammad solallohu alayhi vasallam payğambarlarning xotimidir, undan keyin payğambar yöq. Bu musulmonlar ijmö qilgan va din zaruriyotlaridan ma’lum bölgan haqiqatdir.

Payğambarimiz solallohu alayhi vasallam şunday degan: “Mening va mendan oldingi payğambarlarning misoli bir odamga öxşaydi. U bino qurib, uni çiroyli va mukammal qildi, faqat burçaklaridan birida bitta ğişt örni qoldi. Odamlar uning atrofida aylanib, hayratlanib: “Nega bu ğişt qöyilmadi?” deyişardi. Men öşa ğiştman va men payğambarlarning xotimiman” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bu hadis u zotning da’vati oldingi da’vatlarga zid emas, balki ularni tasdiqlaş va töldiriş asosiga qurilganini körsatadi.

Har bir da’vatning ikki asosi

Har bir payğambarning da’vati ikki asosga tayanadi:

  • Aqida – e’tiqod masalalari;
  • Taşri’ (şariat) va axloq – jamiyat va şaxs hayotini tartibga soluvçi hukmlar.

Aqidada hamma payğambar birlaşgan

Aqidaning mazmuni Odam alayhissalom yuborilgan paytdan to Muhammad solallohu alayhi vasallam yuborilgunga qadar özgarmagan. U quyidagilardan iborat:

  • Allohning yagonaligiga iymon keltiriş;
  • Uni Unga loyiq bölmagan barça sifatlardan pok deb biliş;
  • Oxirat kuniga, hisob-kitobga, jannat va dözaxga iymon keltiriş.

Har bir payğambar qavmini şu asoslarga çaqirgan, özidan oldingi da’vatni tasdiqlagan va özidan keyin keladigan payğambardan xuşxabar bergan. Ularning yuborilişi turli qavm va ummatlarga ketma-ket davom etdi, çunki hammasi bir haqiqatni mustahkamlaşga, ya’ni yagona Allohga ibodat qilişni yetkazişga buyurilgan edi. Alloh taolo buni şunday bayon qiladi: «U (Zot) sizlarga din etib Özi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad ) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. “Dinni barbo qilingiz va unda tafriqaga tuşmangiz” (Şuro, 13).

Rost payğambarlarning aqidada farq qilişini tasavvur qilib ham bölmaydi. Aqida masalalari xabar turiga kiradi, bir narsa haqidagi ikki rostgöy xabar beruvçining xabari esa bir-biriga zid bölişi mumkin emas. Masalan, bir payğambar “Alloh uçning uçinçisi” (Alloh ular aytgan narsadan pokdir) deb yetkaziş uçun yuborilib, undan keyin boşqasi “Alloh yagona, Uning şerigi yöq” deb yetkazsa va ikkalasi ham Alloh nomidan rost gapirgan bölsa, bu aqlga siğmaydi.

Taşri’dagi farq va uning sababi

Taşri’ esa payğambarlar orasida kayfiyat va miqdor jihatidan farqlangan. Sababi şuki, taşri’ xabar emas, balki inşö (joriy qiliş) turiga kiradi, şuning uçun aqidadagi qarama-qarşilik unga taalluqli emas. Taşri’ ğoyasi bandalarning dunyo va oxiratdagi manfaatlari taqozosiga asoslanadi. Oldingi payğambarlarning har biri muayyan bir ummatga yuborilgan, barça odamlarga emas edi. Şu bois zamon va qavmlarning turliçaligi hukmlarning farqlanişiga ta’sir qilgan, hukmlar esa öşa ummat holi taqozo qilgan tor doirada çeklangan.

Muso alayhissalom Banu Isroilga yuborilganda, ularning holiga köra şariati umuman olganda qattiq bölib, ruxsatlarga emas, azimatlarga asoslangan edi. Misol uçun kiyimlariga nopok narsa tegsa kiyimni öşa joyini kesib taşlaş kerak bölardi.   Zamonlar ötib, Iso alayhissalom yuborilganda, u Muso keltirgandan yengilroq va osonroq şariat olib keldi. Alloh taolo Iso tilidan şunday deydi: “(Men) özimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovçi va sizlarga harom qilingan ba’zi narsalarni halol qilib beriş uçun (keldim)” (Oli Imron, 50). Demak, Iso aqidada Tavrotni tasdiqlagan va  hukmlarda esa ba’zi özgariş va yengilliklar kiritib, ular qiynalayotgan ba’zi hukumlarni nasx (bekor) qilgan.

Şundan ma’lum böladiki, har bir rasulning da’vati ikki qismdan iborat:

  • Aqidada u oldingi rasullar keltirgan aqidaning özini heç qanday özgarişsiz tasdiqlaydi;
  • Taşri’da Har bir Rosul oldingi şariyatni nasx qiladi, faqat mutaaxxir şariyat  uni quvvatlagan  yoki sukut qilgan hukmlar bundan mustasno (“bizdan oldingilarning şariati, unga zid narsa kelmasa, biz uçun ham şariatdir” degan qaraşga köra).

Şundan ma'lum böladiki bir neçta samoviy dinlar mavjud emas balki Alloh taoloning hikmati taqozo qilgan oxirgi samoviy şariyat qaror topgunça keyin kelgani avvalgisini nasx qiladigan samoviy şariyatlar mavjud. 

Haq din bitta – Islom

Haq din bitta. Barça payğambarlar Odamdan Muhammad solallohu alayhi vasallam gaça unga da’vat qiliş va odamlarni unga din tutişga buyuriş uçun yuborilgan. U – Islomdir.

Nega ixtilof paydo böldi?

Ba’zilar söraşi mumkin: nima uçun özlarini Muso yoki Isoga nisbat beruvçilar barça payğambarlar yuborilgan tavhid aqidasidan farqli alohida aqidaga ega? Qur’on javob beradi: «Albatta Alloh huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar özaro hasad sabab, ularga ilm kelganidan keyingina ixtilof qildilar» (Oli Imron, 19). Şuro surasida ham şunday deyilgan: “Ular ilm kelganidan keyingina özaro hasad tufayli tafriqa qildilar” (Şuro, 14).

Demak, payğambarlar heç qaçon bir-biriga zid aqidalar bilan kelmagan. Ahli kitoblar din birligini va payğambarlar özidan boşqa payğambarni tasdiqlaş uçun kelganini ham biladi. Ixtilof payğambarlarning sözidan emas, balki ularga ilm kelganidan keyin özaro hasad tufayli payğambarlari aytmagan narsalarni ularga nisbat berişdan kelib çiqqan.

Muhammad solallohu alayhi vasallam ğiştning örnini töldirgan, ya’ni payğambarlar binosini yakunlagan zotdir. Aqidada barça payğambarlar tavhid asosida bir bölgan, taşri’da esa har bir ummatning holiga mos hukmlar kelgan va oxirgi şariat ularning barçasini yakunlagan. Şu sababli Muhammad solallohu alayhi vasallam ga iymon keltiriş oldingi payğambarlarning barçasiga iymon keltirişni ham öz içiga oladi.

 

Jamolov Zuxriddin – Imom Termiziy nomidagi islom instituti 2-kurs talabasi

 

Imom Termiziy NII matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar