Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot-kutubxonasiga sayohat
Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1,2,3-kurs talabalari va o‘qituvchilari 2022 yil 20-sentyabr kuni dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng 2018 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil qilingan Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-kutubxonasiga tashrif buyurdi. Kutubxona 2000 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish salohiyatiga egaligi, bir vaqtning o‘zida zamonaviy qulayliklarga ega kompyuter zalida 36 nafar, Wi-Fi hududida 90 nafar, umumiy o‘quv zalida 50 nafar, huquqiy axborot zalida 24 nafar foydalanuvchi uchun o‘rinlar ko‘zda tutilgan. Ta'lim muassasasi talabalari kutubxonada yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. talabalar kutubxonaga azo bo'lishib, istalgan vaqtda kutubxonadan foydalanish imkoniga ega bo'lishdi.
Ta'lim muassasasi matbuot xizmati.
Izohlar