Munofiqlik alomati
Jamiyki inson uch toifada boʻladi.Birinchisi Alloh taolo va rosulini lafzan tili bilan va qalbi bilan tasdiqlab iymon keltirganlardir.Bular musulmonlar toifasi hisoblanadi. Ikkinchisi Alloh taolo va uning rasulini tili bilan ham va qalbi bilan ham tasdiqlamagan toifasi.Bular kofirlar toifasiga kiradi.Uchunchisi Alloh taolo va uning rosulini tili bilan tasdiqlab lekin qalbida Alloh taolo va uning rosulini inkor etuvchi kishilar toifasi esa Munofiqlar deb ataladi.Munofiqlar aslida kimlar ularning qanday belgilari bor va munofiqlarning musulmonlarga zararlari haqida toʻxtalib oʻtamiz.نفاق «nifoq» soʻzi arabcha boʻlib ,,ichi boʻsh,tashqi koʻrinishi oʻzgacha" narsaga ishlatiladi.Sirtdan musulmonlikni elon qilib,ichida unga loyiq boʻlmslik munofiklikdir.Koʻpgina hadisi shariflarda munofiqlikning alomatlari haqida soʻz yuritiladi ulardan;
عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه و سلم قال آية المنافق ثلاث،إذا حدث كذب و إذا وعد أخلف و إذا اؤتمن خان.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rosuli Akrom alayhissalom; Munofiqlikning belgisi uchtadir: gapirsa yolgʻon gapiradi,vada bersa ustidan chiqmaydi va omonotga xiyonat qiladi.kimda mana shu hislatlar boʻlsa,munofiqning barcha hislatlari boʻladi, agar bittasi boʻlsa, bitta hislati boʻladi deganlar.Munofiqlarning musulmonlarga zarari kofirlarning zararidan katta va hatarlidir.Chunki musulmonlar kofirlar bilan boʻlgan aloqa va muomalada ularning kimligini eʼtiborga olib ularga yarasha muomala qiladi lekin munofiqlar esa sirtdan musulmonlardek koʻringani uchun, inson bir insonning ichidagini bilaolmagani sabab munofiqlarga musulmonlardek muomila qilinadi.Mana shu bilan musulmonlarga va islom diniga katta zarar yetkazadilar.Alloh taolo oʻz kalomida shunday marhamat qiladi:
اعوذ بالله من الشيطان الرجيم بالسم الله الرحمن الرحيم:و اللهُ يَشْهَدُ إنَّ المنافقين لكٰذبونَ
va Alloh guvohlik berurki,albatta,Munofiqlar yolgʻonchidirlar.(munofiqun surasi 1- oyat).
Munofiqlarning mana shu hislatlari sabab Alloh taolo ularni qiyomat kunida kofirlarga qaraganda alamliroq va qattiqroq jazolaydi.Demak mana shu narsalardan xulosa olib har bir musulmon kishi yuqoridagi alomatlardan saqlanishi lozim boʻladi va musulmonlar munofiqlarga oʻxshamaslikka dunyo ziynatlariga va hoyu havasga berilib musulmonlarga aziyat berib qoʻyishdan ehtiyot boʻlishi kerak boʻladi.Munofiqlikdan saqlanish uchun Allohni koʻp zikr qilish,boshiga oʻlim kelmasdan oldin hayrli ishlarni koʻp qilishi kerak. va yana musulmon kishi musulmon kishining oynasidir.Shuning uchun bir musulmon boshqa bir musulmon kishining yomon illatni koʻrsa uni ogohlantirishi va shu yoʻldan qaytarishi lozim boʻladi.Alloh taolo barchamizni toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin.
Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
2 bosqich talabasi Tursunov Sadriddin
Izohlar