MO'MIM-MO'MINNING KO'ZGUSIDIR
Muqaddas islom dinimiz barcha musulmonlarni o'zaro hamjihatlikka, ahil-inoq umrguzaronlik qilishga chorlaydi. Haqiqiy mo'min kishi oʻzining birodarining aybini o'ziga aytib, isloh qilishga shoshiladi. Aks holda uni boshqaga aytmoqlik o'zaro nizo chiqishiga, sabab bo'ladigan harom amallardandir. Alloh taolo oʻzining kalomi Qurʼoni karimda quyidagicha marhamat qiladi. " Mo'min erkaklar va mo'mina ayollar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yaxshilikka buyurarlar va yomonlikdan qaytarurlar..."( Tavba surasi, 71). Haqiqatan, musulmon kishi oʻz birodarini jannatga yetaklaydi. Unga yaxshilik qilishga shoshiladi va aybini sir tutadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh alayhissalom المؤمن مراة المؤمن "Mo'min moʻminning koʻzgusidir" dedilar. Rosululloh alayhissalom haqiqiy mo'minni ko'zguga qiyos qilmoqdalar. Albatta koʻzgu oldida turgan insonning fazilatini boricha ko'rsatadi, oshirmaydi ham kamaytirmaydi ham, shunday ekan moʻmin kishi ham oz birodarini aybini bo'rttirmaydi va maqtovda haddan oshirmaydi. Koʻzguning yana bir xususiyati kamchiligini oldidagining o'ziga aytadi. Boshqaga uning nuqsonini koʻrsatmaydi. Sirni juda qattiq saqlaydi. Imom Shofeʼiy (rohmatullohi alayh): "Kim birodariga sir holda nasihat qilsa, unga nasihat qilibdi. Kim birodariga oshkora nasihat qilsa, uni sharmanda va badnom qilibdi"- dedilar. Agar moʻmin biror mo'minning aybdorligini bilsa esdan chiqarib yuborishi lozim boʻladi. Hammaga uning nuqsonlarini aytishi harom amallardan hisoblanadi. Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh aytadilar. "Mo'min birovning aybini yashiradi va nasihat qiladi. Fojir esa birovning aybini ochadi va sharmanda qiladi" Bugungi kunda islom ummatining eng katta xatolaridan biri " taqvoliman" deb daʼvo qiladi-yu bir musulmon birodarini ko'ngliga ozor yetkazib qo'yadi. Axir, haqiqiy taqvo bir musulmonni ko'ngliga xursandchilik ulashish emasmi!!!
Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi
Abduxoliqov G'ayrat 2- bosqich talabasi
Izohlar