Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Axborot resurs markazi haqida
Axborot resurs markazi (ARM) o‘z mehnat faoliyatini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi» 2007 yil 20 iyundagi PK-381-sonli qarori va talabalar talab-takliflariga muvofiq holda olib boradi.
ARM ga kitoblar asosan Toshkent shahridagi nashriyotlardan, oliy ta’lim muassasalari nashriyotlaridan, O‘MIning «Movarounnahr» nashriyoti va kitob do‘konlaridan olib kelinadi. Ta’lim muassasasi talabalarining o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida faoliyat yuritadi. Bu kitoblardan talabalar va o‘qituvchilar o‘z bilimlarini oshirishda unumli foydalanadilar.
ARMga 1ta kompyuter taqdim etilgan. Axborot-resurs markazi fondida 875 nomdagi 9150 dona bosma va 10075 ta elektron kitob bor. Axborot–resurs markazi ananaviy uslub bilan bir qatorda zamonaviy uslubda ham ish yuritmoqda. Jumladan, ARM zamonaviy kitob javonlari bilan ta’minlangan. Kitoblar bibliografiyaga mos ravishda javonlarga joylashtirilgan.
1. Axborot–resurs markazida «Prezident asarlari», «Diniy ma’rifiy», «Fazilatli muftiylar kitoblari», «Tafsir», «Hadis», «nahv» va «Lug‘atlar va qomuslar» nomlari ostida ko‘rgazmali burchak tashkil qilingan. Ta’lim muassasasi talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarning kundalik nashrlardan foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ular «Xalq so‘zi», «Ma’rifat» shuningdek, «Islom nuri» va «Hidoyat» jurnali kabi diniy-ma’rifiy nashrlardan muntazam ravishda foydalanadilar.
Bugungi kunda Axborot-resurs markazida zamon talablariga javob beradigan o‘quv zali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan hamda adabiyotlar talab darajasida saqlanmoqda. Talabalar va o‘qituvchilar qatnovi, olayotgan kitoblarini nazorati kuchaytirilib, Axborot-resurs markazida kundalik ish yuritish daftari yo‘lga qo‘yilgan. Kitoblar haqida ma’lumotlarni tez va oson topish uchun “katalog byurosi” hamda “katalog qutisi” joriy qilingan. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalarining talab-takliflari muntazam o‘rganib borilib, O‘MI tomonidan 30 nomli 500 (dona)dan ziyod diniy va ilmiy-ommabop adabiyotlar keltirildi.
ARM fondining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tashkil etadi. 2023 yildagi ko‘rsatgichi – diniy ma’rifiy kitoblar soni 4665 ta, maxsus fanlardan darsliklar soni 4077 ta, arab tilidagi darsliklar va adabiyotlar soni 2655 ta, badiiy adabiyotlar soni 175 tani tashkil qiladi. Jami axborot-resurs markazida 9150 ta bosma, 10075 ta elektron kitob mavjud.
Izohlar