12.09.2026

OʻZBEKISTONDA TAʼLIM ISLOHOTLARI

   Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.

ShAVKAT MIRZIYoEV

 Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oily va o‘rta ta’lim o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.

   Kalit so‘zlar: Kadrlar tayyorlash, o‘rta-maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi, 2017-yilgi islohotlar, kompensatsiya,  Shukshunov 

   O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunda pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda yashovchi pedagog xodimlar komunal to‘ lovlardan ozod etildi. Shaharlik pedagoglar esa 50 foiz to‘lab bordilar. Keyinchalik ushbu imtiyozlar oylik- maoshlariga qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi. 1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi.

   I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinf);

   II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4-9-sinf); 

   III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10-11- sinf);

   O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yilgi dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. 1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. 

   Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘z aksini topdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi.

   Birinchi bosqich – 1997-2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi.  Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. 

   Ikkinchi bosqich – 2001-2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Ushbu yillarda milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqarildi, mehnat bozorining rivojlanishi va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda dasturga aniqliklar kiritildi. 

   Uchinchi bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yilldan boshlab yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Bu esa 9 yillik umumta’lim maktab bosqichi va 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar  ta’lim basqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi  edi. Bolalar birinchi sinfga 6-7 yoshidan qabu qilinadi. 2001 yilda respublikamizda 9727 ta umumta’lim maktablarida 440 762 nafar o‘qituvchi 6,3 mln o‘quvchiga ta’lim berdi. Umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha barcha o‘quv fanlaridan Davlat standartlari ishlab chiqildi va ular 346 maktabda tajribadan o‘tkazildi, a’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi. 

    2004-yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida 2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dasturga binoan 2004-2013-yillarda 9765 maktabning 4147 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va 3225 ta maktab rekostruksiya qilindi. 424 ta yangi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda , maktablarni o‘quv labaratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlashda alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. 1-chi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida 12 xildagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda. 

   O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to;g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillikni bitirgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi, ya’ni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining I-bosqichi (1997-2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassalari ochildi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda biznes maktablari, umumta’lim maktablarida kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yangi mutaxasisliklar (fermer, soliq, bojxona xodimi va hokazo) kiritildi. Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 

     2012-yil 21-mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjat ta’lim muassalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olish, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning cog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirish, ta’lim olishga bo‘lgan kostitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalariga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart. 

     2016-yil 7-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktsbgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda atestatsiyaning amal qilish muddati 5 yil etib belgilandi.

     Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik ta’limni takomillashtirish yo‘lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig‘ilib qolgan muammolar sohani tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foyda lanish zarurligini taqazo qildi. 2017-yil umumta’lim vz o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12 yillik  majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi. 

    2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun  9 mln nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb hunar-kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish istaklari inobatga olindi. 20016/20017-o‘quv yilida umumta’lim maktabini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar. 

     2018-yilning 20-yanvar kuni respublikadagi jami 9628 ta umumta’lim maktablarida ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik uchun maktab rahbarlari tomonidan 2018-yilda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi taqdimotlar tashkil etildi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Girls development club qizlar klubi tomonidan I Respublika o‘quvchi qizlar sammiti 2018-yilning 24-26 mart sanalarida tashkil qiindi. 

    Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan 2018-yil 5-aprel kuni maktab o‘quvchilari uchun yangi innovatsion olimpiada tashkil etildi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar bilimini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazildi. Monitoringda o‘quvchilar tomonidan onlayn test topshirilishida qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi uchun o‘quvchiarda onlayn test topshirish ko‘nikmasini shakllantirish va tizimdan foydalanish malakasini oshirish maqsadida namunaviy test topshirish imkoni yaratildi. 

      2018-yil 26-iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq va xalqimizning takliflari asosida olib borilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 2018 yil 2-avgust kuni Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljalgan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassalari uchun 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi. 

     2018-yil 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga ko‘ra , davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilgan. 

     2018-yil 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalq ta’lim tizimini yanada rivojlantirish Borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

    2019-yilda maktablarni qurish va ta’mirlash uchun 975 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan.  Bundan maqsad esa O‘quvchilarning zamonaviy maktablarda tahsil olishini ta’minlashdir. Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir.

Bugungi kunda universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.

Mamlakatimizda 2019-yilning oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI

1.O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. – T.: “O‘zbekiston”, 1998.

2.“O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to‘g‘risida” gi qonun. Me’yoriy hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasi diplomatiyasi. T.: “Jahon” AA, 1997.

3.O‘zbekiston Respubikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida tuzilgan “Harbiy kuchlar statusi shartnomasi” (Status of Forces Agreement (SOFA)). 2001 yil oktabr.

4.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O‘zbekiston”, 1997.

5.Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-jild. T.: “O‘zbekiston”, 1998.

6.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O‘zbekiston”, 2000.

Xorijiy adabiyotlar

1.Blank S. Uzbekistan: A Strategic Challenge to American  Policy. -Carlisle Barracks, PA 17013, 2004.

2.Daly J.C.K., Meppen K.’., Socor V., Starr S.F., Anatomy of a Crisis: U.S.- Uzbekistan Relations, 2001-2005. Washington, 2006.

3.Edwards J. Political Risk Insurance. Doing Business in Uzbekistan. –London, 1996.

4.Kaser M., Mexrota S. T’e Central Asian Economies after Independence. – London, 1992.

     

Omonov Fazliddin – “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi



“Imom Termiziy” O‘MITM matbuot xizmati   

Izoh qoldirish

Izohlar