03.11.2026

Abu Hurayra roziyallohu anhu

Islom olamida Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan eng köp hadis rivoyat qilgan sahobalardan biri Abu Hurayra roziyallohu anhudir. U zotning ismlari borasida tarixçilar va muhaddislar orasida öttizga yaqin qaraş mavjud.

Ibn Saloh rahimahulloh: «Abu Hurayra roziyallohu anhuning va u kişining otalarining ismlari borasida juda köp qaraşlar mavjud. Johiliyatda ham, Islomda ham biror kişi borasida bunçalik köp qaraşlar bölmagan», — deydi.

Sohibul Mişkotning «Al-Ikmol» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhu haqida aytilgan qaraşlarning eng maşhuri şuki, johiliyat davrida u zotning ismlari Abdu Şams yoki Abdu Amr, Islomni qabul qilganlaridan söng esa Abdulloh yoki Abdurahmon bölgan. Otalarining ismi borasida ham ixtilof mavjud. Ba’zi manbalarda Abdurahmon ibn Saxr, boşqa bir örinda esa Ibn Ğanm deb keltirilgan.

Mulla Ali Qori «Mirqot» kitobida quyidagilarni yozadi: «Al-Hokim Abu Homidning aytişiça, bizning nazdimizda Abu Hurayra roziyallohu anhuning ismlari Abdurahmon ibn Saxr bölgan. U zotning kunyasi şu qadar köp işlatilganki, göyo öz ismlari yöqdek bölib ketgan. U kişi Xaybar yili Islomni qabul qilganlar».

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan sahobalar va tobeinlardan sakkiz yuzga yaqin kişi hadis rivoyat qilganini zikr qiladi.

Hofiz Andalusiy özining «Musnad» asarida Abu Hurayra roziyallohu anhu 3574 ta hadis rivoyat qilganini keltiradi. Imom Navaviy ham «Sahihi Muslim» şarhida uşbu ma’lumotni zikr qiladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu hijriy 54-yilda, ayrim ma’lumotlarga köra, 58 yoki 59-yilda, 78 yoşlarida Madina şahrida vafot etganlar. U zot Baqi’ qabristoniga dafn etilganlar. Uşbu ma’lumotlar «Al-Ikmol» kitobida ham keltirilgan.

Abu Hurayra kunyasi bilan atalişlari

Abu Hurayra roziyallohu anhu uşbu kunya bilan maşhur bölib ketganlar. Buning sababi u zotning muşukçalarga bölgan mehrlari va ular bilan birga yurişlari bilan boğliq.

Ibn Abdul Barr Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi ma’lumotni keltiradi:

«Bir kuni yelkamda muşukça kötarib ketayotgan edim. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni körib qoldilar va: “Bu nima?” deb söradilar. Men: “Muşuk”, deb javob berdim. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Ey Abu Hurayra!” dedilar».

Imom Zahabiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi mazmundagi ma’lumotni keltiradi:

«Otam meni Abu Hurayra deb kunyalaganlar. Çunki men qöy boqar edim. Bir kuni yovvoyi muşukning bolalarini körib qoldim va ularning ovozini eşitdim. Bu haqda otamga xabar berganimda, otam menga: “Sen Abu Hurayrasan”, dedilar».

Imom Termiziy «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhuning manoqiblari haqida Abdulloh ibn Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat keltiradi. Unda quyidagilar bayon qilingan:

«Abdulloh ibn Rofe’ Abu Hurayra roziyallohu anhuga: “Nima uçun siz Abu Hurayra deb kunyalanasiz?” deb söradim, deydi. Şunda Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Men yaqinlarimning qöylarini boqar edim. Mening kiçkina muşukçam bor edi. Uni keçasi daraxtga qöyar, tong otgaç esa özim bilan olib yurar va u bilan öynar edim. Şundan söng meni Abu Hurayra deb ataşgan”, deb javob berdilar».

Abu Hurayra roziyallohu anhu Islom tarixida hadis ilmining rivojlanişiga ulkan hissa qöşgan buyuk sahobalardan biridir. U zotning hayotlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadislarni örganişlari va ularni keyingi avlodlarga yetkazişdagi xizmatlari musulmonlar uçun katta ibratdir.

Alloh taolo Abu Hurayra roziyallohu anhudan rozi bölsin va bizni ham u zot kabi ilmga muhabbatli, sunnatga sodiq hamda foydali ilmni boşqalarga yetkazuvçi bandalaridan aylasin. 

 

 

Örolov Muhammad – Imom Termiziy nomidagi islom instituti 2-bosqich talabasi

 

Imom Termiziy ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar