YOŞ AVLOD TARBIYASINING BOŞLANIŞI
Islom bola tarbiyasi haqida u hali dunyoga kelmasdan ança oldin, oila qurişga tayyorgarlik körilayotgan paytdan boşlab qayğura boşlaydi. Oila qurilgaç ham bu odob va axloq darsi bir daqiqa ham töxtamaydi. Oila qurilar ekan, ota-onaning axloqi, odobiga, insoniyligiga alohida e’tibor beriladi. Sababi ulardagi xislat, fazilatlar ham, yomon odatlar ham bolaga köçişi isbot talab etilmaydigan haqiqatdir. Zero, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham:
«Sizlar özingizga munosib jufti halolni ixtiyor qilinglar, çunki juftingizning fe’l-atvori, xulqi naslingizda öz aksini topadi», deganlar.
Masalan, kelin tanlaşda asosan, uning dindorligiga, taqvosiga e’tibor berişni uqtirganlar. Çunki ana şunday onadan tuğilgan farzandlarni tarbiyalaş naqadar oson. Tarixdan ma’lumki, dunyoga dovruğ solgan aksari buyuk allomalarga, fozilu ulamolarga bolalik paytida otalari harom kasb bilan topilgan biror luqma ham taom yedirmagan, onalari ularni betahorat emizişmagan.
عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ . قَالَ : " اِفْتَحُوا عَلَى صِبْيَانِكُمْ أَوَّلَ كَلِمَةٍ بِلَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ
وَلَقِّنُوهُمْ عِنْدَ الْمَوْتِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ فَإِنَّهُ مَنْ كَانَ أَوَّلُ كَلَامِهِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ ثُمَّ عَاشَ أَلْفَ سَنَةٍ مَا سُئِلَ عَنْ ذَنْبٍ وَاحِد
Payğambar alayhissalom aytadilar:
“Gödaklaringizning tillari oçilsa, Alloh lafzini örgating, ya’ni لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ kalimasini örgating va ölim talvasasida turgan birodarlaringizning oldida ham لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ kalimasini talqin qilib turing. Çunki kimning avvalgi sözi لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ bölsa, söngra ming yil yaşasa ham birorta gunohidan söralmaydi”.
Farzandning tili çiqişi bilan ota-ona unga «Laa iloha illalloh» «Allohu akbar» «bismillahir rohmanir rohiym» kabi sözlarni örgatmoği lozim.
Zahhok aytadi: “Ey insonlar, farzandlaringizga va ahllaringizga Qur’oni karimni örgatinglar. Çunki qaysi bir musulmonga Alloh taolo jannatga kirişligini nasib qilgan bölsa, unga aytiladi: Öqi va kötarilaver jannat maqomlariga toinki Qur’ondan ilming tugaguniça”.
Yana Zahhok aytadi: “Bolalaringizga, ahllaringizgava qöl ostingizdagilarga Alloh taolo kitobida zikr qilgan payğambarlarning ismini, ya’ni tarixini örgating, toinki ularni tanisinlar.
قال رسول الله صلعم:" مَنْ وُلِدَ له مولودٌ. فأذّنَ فى أُذُنِهِ اليُمنى و أقام فى أُذُنِهِ اليُسرى
رُفِعَتْ عنه أمُّ الصبيان"
Payğambar alayhissalom aytadilar:
“Kimki tuğilgan farzandining öng quloğiga azon va çap quloğiga takbir – iqomat aytsa, u boladan Ummu Sibyon degan jodugar jin çiqib ketadi”.
Bola ota – onasi xuzuridagi omonatdir. Uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqşni qabul qilaveradi. Agar yaxşilikka örgatilsa, öşanday ösadi. Uning savobiga ota – onasi va murabbiyi şerik böladilar. Agar yomonlikka örgatilsa, öşanday ösadi. Uning gunoxi valiysiga böladi. Valiy uni saqlaşi, ta’lim – tarbiya bermoği lozim. Unga yaxşi axloqlarni örgatsin. Uni yomon bolalardan saqlasin. Ne’matlarga qiziqişga odatlantirmasin. Uni zebu ziynatga ruju’ qöyişga qiziqtirmasin. Toki katta bölganda zeb-u ziynat ortidan yurib umrini zoe qilmasin.
Ota–ona bolani kiçikligidan, umrining avvalgi kunlaridan ehtiyokorlik bilan kuztaib borişi kerak. Uni faqatgina dindor va xalol yeydigan ayolga emizdirsin. xaromdan xosil bölgan sutda baraka bölmaydi.
Bolada paydo böladigan sifatlarning avvalgisi taomga öçlik böladi. Şuning uçun ota – ona unga ovkatlaniş odoblarini ta’lim bersin. Ba’zi vaqtlarda faqat non yeyişga odatlantirsin. Toki nonga boşqa narsani qöşib yemoqni lozim degan hayolga bormasin.
Ota – ona bolasiga köp ovqat yeyişni yomonligini singdiradi. Köp taom hayvonlar işi ekanini tuşuntiradi.
Öğil bolalarga oq rangli kiyimlar kiyiş yaxşi ekani, rangdor va ipak kiyimlar ayollarga xosligi tuşintiriladi. Bolani serne’mat hayot keçirişga odatlangan bolalarga qöşmaslik kerak böladi.
Vaqti kelganda maktabga berib qur’on, xadis va yaxşilarning qisalarini ta’lim beriş boşlanadi. Şu tariqa uning qalbiga ahli solihlarning muhabbati solinadi. Işqning zikri bor şe’rlarning yodlaşiga yöl qöyilmaydi.
Boladan yaxşi xulq va maqtovga sazovor iş sodir bölsa, uni taqdirlaş va xursand böladigan narsa ila mukofotlaş hamda odamlar huzurida maqtaş lozim.
Ba’zi holatlarda mazkur işlarga xilof narsani qilsa, özini bilmaganga solib uning aybini oşkor qilmaslik kerak. Agar öşa noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, heç kimga bildirmay jazolaş va odamlar bilib qolsa uyat qilişlarini uqtirgan yaxşi. Ammo jazoni köpaytirib yuborilmasin. Çunki bu narsa bolaning betini qatirib qöyadi. Keyin uyalmay har narsani qilişga odatlanib qoladi. Ota bolasi huzurida öz haybatini saqlab turişi kerak.
Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin. Otangga aytaman kabi gaplar bilan. Kunduzi va bevaqt uxlaşga bolani odatlantirmaslik kerak, bunda u dangasalikka örganib qoladi. Keçasi uxlaşni man qilinmaydi. Ammo yotar joyini ham yumşoq qilinmaydi.
Bola yotoq, kiyim va taomda dağallikka odatlansin.
Bola dangasa bölib qolmasligi uçun piyoda yuriş, köp harakat qiliş va bandantarbiyaga odatlansin. Bola ota – onasining boyligi, taomi va kiyimi ila tengdoşlari oldida faxrlanişga datlanmasin.
Bola özi bilan birga yaşaydiganlar nisbatan tavozuli bölişga va ularni hurmatlaşga odatlanişi lozim.
Bolani öziga öxşagan bolalarning narsasini tortib olişiga yöl qöyilmaydi. Unga birovning narsasini oliş pastkaşlik ekani öqtiriladi.
Bolaga tillo va kumuşga muhabbat qöyiş yomonligini tuşunti-riş lozim.
Bolaga ötirgan joyida tufurmaslik, burun tozalamaslik, birovning oldida esnamaslik, bir oyoqining ustiga ikkinçisini qöymaslik va köp gapirmaslik kabi narsalar ta’lim beriladi.
Bolaga kamgap böliş, boşqalarning gapini diqqat bilan tinglaş, özidan kattalarni hurmat qiliş, ular kelganda örnidan turib kutib oliş va odob bilan ötiriş kabi narsalar örgatiladi.
Bolani uyat sözlarni gapirişdan va uyat sözlarni gapiradiganlar-ga qöşilişdan man qilinadi. Zotan bolaning muhofaza qiliş, uni yomon ulfatlardan saqlaşdan iboratdir.
Bola yetti yoşga yetganda uni namoz öqişga buyuriladi. Örganişi uçun tahoratsiz yurmaslikka odatlantiriladi. Uni yolğon va xiyonatga yaqin kelmaslikka odatlantiriladi. Ösmirlik çoği yaqinlaşganda undan öşa paytda kerakli böladigan narsalar talab qilinadi. Har bir murabbiy bilib olişi lozim narsalardan biri bolani yoşligidan ahli solih bölib ösişiga ahamiyat beriş kerakligidir. Agar bu iş amalga oşsa yaxşilik bolaning qalbida toşga naqş solgandek sobit bölib qoladi. Bunda ötgan salafi solihlarimizdan örnak böladigan tajribalar köp qolgan.
Sahl ibn Abdulloh quyidagilarni aytadi: «Çamasi uç yoşli bola edim. Keçasi uyğonib toğam Muhammad ibn Sivorning namoz öqişiga nazar solib turar edim. Bir kuni toğam menga: «Seni yaratgan Allohni zikr qilasanmi?» dedi.
«Uni qanday zikr qilaman?» dedim.
«Tilingni qimirlatmasdan, qalbingda uç marta, «Alloh men bilan, Alloh menga nazar solib turibdi, Alloh mening guvohim» degin», dedi.
Men u sözlari bir neça keça aytdim va toğamga xabarini berdim. U menga:
«Endi ularni har keça ön bir martadan ayt», dedi.
Men uni ham qildim. Bir muddatdan söng qalbimda uning halovatini sezdim.
Bir ötgandan keyin toğam menga: «Men senga örgatgan narsani yodlab olginda, to qabrga kirguningça uni davom qil», dedi.
Men u işni yillar davomida uzuliksiz qilib yurdim. Ularning halovotini içimda toğam Söngra toğam menga: «Ey Sahl! Alloh u bilan birga bölgan, unga nazar solib turgan va uning ustidan guvoh bölgan odam, U zotga osiy böladimi? Ma’siyatdan hazir böl!» dedi.
Keyin maktabga borib, olti-yetti yoşimda qur’onni yod oldim. Söng nafl rözani köp tutadigan böldim. Yeydigan taomim arpa noni böldi. Undan keyin keçalarni bedor bölib ibodatla ötkazadigan böldim».
Sahl ibn Abdullohdan keltirilgan bu qissa bolaning tarbiyasiga, xususan, ruhiy tarbiyasiga kiçikligidan ahamiyat beriş uning yaxşi odam bölib yetişişida qançalar muhim ekanini körsatib turibdi.
Davutov Sayyidburxon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvchisi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar