Bağrikenglik islomdadir
Öz bandalariga fazilat va ne’matini çeksiz yoğdiruvçi Alloh taologa hamdlar bölsin. Bağrikenglar sarçaşmasi, ummatlariga eng rahm-şafqatli bölgan Muhammad sallollohu alayhi vasallamga va oila a’zolariga qiyomat kunigaça salavot va salomlar bölsin. Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam olib kelgan risolatning eng buyuk xususiyatlaridan biri –bu ummatlari uçun bağrikenglik, rahm-şafqat va ikrom risolati ekanligidir. Bu bağrikenglik U zotning muomalalarida, uyida, sahobalari bilan, duşmanlari bilan va unga yomonlik qilganlar bilan bölgan munosabatlarida sobit bir yöl bölgan. U zot Alloh yöliga da’vat qilişda ham bağrikeng bölganlar, heç kimni Islomga majburlamaganlar, balki hikmat va çiroyli va’z bilan da’vat qilganlar. Ul Sayyidimiz- söz va amalda, ibodat va muomalada, tinçlik va uruşda bağrikeng payğambar edilar.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida aytilganidek: «U zot qöpol ham, qattiqqöl ham emas edilar, bozorlarda baqirib-çaqirmas edilar, yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmas, balki afv etar va keçirar edilar. Alloh U zotni xuşxabarçi va ogohlantiruvçi qilib yubordi. Sokinlikni libosi, yaxşilikni şiori, taqvoni vijdoni, hikmatni gapi, sadoqat va vafoni tabiati, afv va ezgulikni axloqi, adolatni siyrati, haqni şariati, hidoyatni peşvosi, islomni dini qildi». «aş-Şifo bi-ta’rifi huquqil-Mustafo»
Imom Tohir ibn Aşur aytadi: «Bağrikenglik — odamlar odatda tortişib qoladigan örinlarda muomalaning oson bölişidir. Ular bağrikenglikni nafs xotirjamligining eng komil sifati, hidoyat va ezgulikka erişişga eng katta yordamçi deb bilganlar. Uni Islomning eng buyuk sifatlaridan biri qilib qöyganlar, çunki u ifrot va tafrit (haddan oşiş va kamsitiş) örtasidagi çegarada joylaşgan bölib, Alloh taoloning: "Alloh sizlarga yengillikni istaydi va sizlarga oğirlikni istamaydi" (Baqara surasi, 185-oyat) degan sözi guvohlik bergan mötadil osonlik deb ta’riflaganlar. Bu ma’noni Buxoriy özining "Sahih" kitobidagi bir bobga qöygan "Din osondir" degan sarlavhasi va Imom Molik özining "Muvatto"sida bu oliyjanob sifatni e’tirof etib: "Allohning dini osondir" degani ham tasdiqlaydi. Ular bu haqiqatni şariatni çuqur örganiş orqali xulosa qilganlar». Islomda bağrikenglik ibodatlar va Allohga yaqinlaştiruvçi amallar faqat namoz, zakot, röza, haj, zikr, Qur’on tilovati va şunga öxşaş uluğ işlargagina çeklanib qolmaydi. Balki afv etiş va keçirimli böliş ham bandaning Parvardigoriga yaqinlaşadigan eng yaxşi ibodat va qurbatlardandir.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Söraldi: "Ey Rasululloh, qaysi amallar afzalroq?" U zot dedilar: «Sabr va bağrikenglik». Bayhaqiy "Şuabul-iymon"da rivoyat qilgan.
Amr ibn Abasa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "Ey Rasululloh, iymon nima?" dedim. U zot: «Sabr va bağrikenglik», dedilar». Bayhaqiy "Şuabul-iymon"da rivoyat qilgan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh aytadi: "Dözaxga qaranglar, unda biror yaxşilik qilgan kişi bormikan?" Demak, dözaxdan bir kişini topadilar va unga: "Biror yaxşilik qilganmisan?" deyiladi. U: "Yöq, lekin men odamlarga oldi-sotdida bağrikeng edim", deydi. Şunda Alloh aytadi: "Bandamga-bandalarimga qilgan bağrikengligingizdek bağrikeng bölinglar"». Ibn Hibbon rivoyat qilgan. Islomda bağrikenglik zaiflik ham, haqdan voz keçiş ham emas. Balki u qalbdan otilib çiqadigan, rahmat va hikmat bilan yöğrilgan kuç bölib, musulmonni odamlar orasida suyukli va Allohning huzurida ajr-savobga ega qiladi.
Imom Şofe’iy roziyallohu anhu şunday deganlar
Agar ozorlardan omon yaşaşni istasang,
Nasibang möl, obröying esa saqlangan bölsin desang:
Tiling bilan birovning aybini zikr qilma,
Zero, sening ham ayblaring bor va odamlarning ham tili bor.
Közing senga birovning yomonliklarini körsatsa,
Uni tiygin va: «Ey köz, odamlarning ham közi bor», degin.
Odamlar bilan yaxşi muomalada böl, tajovuz qilganni keçir,
Ajralişga töğri kelsa ham, eng gözal tarzda ajralgin.
Demak, bağrikenglik şunçaki minbarlardan turib aytiladigan nazariy tuşunçalar emas. Balki u buyuk dinimizning haqiqiy qiyofasini aks ettiruvçi gözal namunadir. Bugungi kundagi mas’uliyatimiz uşbu buyuk dinning eng yaxşi elçilari böliş, uning bağrikengligini sözlarimiz va amallarimizda namoyon etiş hamda barça insonlarga gözal örnak bölişdir.
Nasrullo Töxtaev – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbut xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar