17.11.2026

ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI: HUQUQIY ASOSLARI, RAMZIY MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Har bir mustaqil davlatning öz ramzlari böladi va ular orasida bayroq alohida örin tutadi. Bayroq xalqning tarixiy xotirasi, qadriyatlari va kelajakka bölgan intilişlarini ixçam tasviriy şaklda ifodalaydi. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qonunda davlat suverenitetining ramzi sifatida belgilangan[1]. Şu bois uning mazmunini ilmiy jihatdan örganiş va yoş avlodga yetkaziş muhim vazifadir.

Bayroqning qabul qilinişi va huquqiy asoslari

Özbekiston 1991-yil 31-avgustda davlat mustaqilligini eʼlon qilganidan söng yangi davlat ramzlarini yaratiş masalasi kun tartibiga çiqdi. Respublika Oliy Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi 407-XII-son Qonun qabul qilindi. Şu sababli 18-noyabr har yili Davlat bayroği qabul qilingan kun sifatida nişonlanadi. Özbekiston Markaziy Osiyoda mustaqillikka erişgaç, yangi bayroq qabul qilgan dastlabki respublikalardan biri böldi.

Bayroqning maqomi Asosiy qonunda ham mustahkamlangan. Konstitutsiyaga köra, Özbekiston qonun bilan tasdiqlanadigan öz davlat ramzlari – bayroği, gerbi va madhiyasiga ega, davlat ramzlari esa davlat himoyasidadir[2]. Qonun bayroqning kötariliş tartibi, xalqaro munosabatlardagi qöllanişi va unga hurmat bilan munosabatda böliş majburiyatini ham belgilaydi.

Bayroqning tuzilişi va ramziy mazmuni

Qonunga köra, Davlat bayroği bayroqning butun uzunligi böylab ötgan töq moviy, oq va töq yaşil rangli uçta endan iborat töğri törtburçak şaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm, yaʼni tomonlari nisbati 1:2 ga teng. Uçala en bir xil kenglikda bölib, har biri 40 sm ni taşkil etadi, oq enning ikki çetidan kengligi 2,5 sm bölgan qizil hoşiyalar ötadi. Yuqoridagi moviy enda, dastaga yaqin joyda oq rangli yangi oy (hilol) va uning yonida ön ikkita oq rangli beş qirrali yulduz tasvirlangan, yulduzlar uç, tört va beş donadan iborat qatorlarda joylaşgan[3].

Qonun matnida ranglar va belgilar maʼnosi rasman izohlanmagan. Biroq ilmiy-maʼrifiy adabiyotlarda ular quyidagiça talqin qilinadi. Moviy rang kuç-qudrat, tinçlik va barqarorlikni, oq rang poklik va beğuborlikni, yaşil rang yaşariş va yangilanişni, ona tabiat hamda asriy qadriyatlarni ifodalaydi. Qizil çiziqlar tomirlarimizda oqayotgan hayotiy kuç – ajdodlar qoni va abadiylik ramzi sifatida izohlanadi. Hilol ezgulik, orzu-umidlar va umrboqiy anʼanalar timsoli bölsa, Şarqda qadimdan mukammallik va komillikni anglatgan ön ikki raqami yulduzlar soni orqali ifodalangan[4].

Davlat bayroği faqat rasmiy belgi emas, balki muhim tarbiya vositasi hamdir. 18-noyabr munosabati bilan taʼlim muassasalarida ötkaziladigan maʼrifiy suhbatlar, bayroq kötariş marosimlari va körgazmalar yoşlarda davlat ramzlariga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik masʼuliyatini şakllantiradi[5]. Bayroqdagi har bir rang va belgi maʼnosini tuşuntiriş öquvçilarga milliy qadriyatlarni çuqurroq anglaş imkonini beradi. Şuningdek, Özbekiston 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo bölganidan buyon uning bayroği xalqaro maydonda mamlakatni tanituvçi asosiy belgi bölib kelmoqda.

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği mustaqillik va davlat suverenitetining ramzi bölib, uning maqomi Konstitutsiya va maxsus qonun bilan mustahkamlangan. Bayroqning ranglari va belgilari xalqimizning tinçlikparvarligi, pokligi, yangilanişga intilişi va boy tarixiy merosini ifodalaydi. Uning mazmunini taʼlim jarayonida çuqur tuşuntiriş yoşlarda vatanga sadoqat va milliy ğurur tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toşkent, 2023.

2. Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonuni, 1991-yil 18-noyabr, 407-XII-son // Qonunçilik maʼlumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-100122.

3. 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun // Taʼlim xabarlari. – 2025. – URL: https://talimxabarlari.uz/55873/

4. 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun // gov.uz. – URL: https://gov.uz/oz/yoşlar/news/view/98998

 

Juraxon Mamayusupov - “Imom Termiziy” örta maxsus islom taʼlim muassasasi öqituvçisi

 

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati


 

[1] Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni, 1991-yil 18-noyabr, 407-XII-son // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-100122. – 2-modda.

[2] Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. – 5-modda.

[3] “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun. – 4-modda.

[4] 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun // Taʼlim xabarlari. – 2025-yil 18-noyabr. – URL: https://talimxabarlari.uz/55873/

[5] 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun // Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sayti. – URL: https://gov.uz/oz/yoshlar/news/view/98998

Izoh qoldirish

Izohlar