HAKIM TERMIZIY: HAYOTI, ILMIY MEROSI VA TASAVVUF TA’LIMOTIDAGI ÖRNI
Hakim Termiziy islom ilm-fani va tasavvuf tarixida muhim örin egallagan allomalardan biridir. U özining ilmiy izlanişlari, asarlari va ma’naviy qaraşlari bilan islom tafakkuri rivojiga munosib hissa qöşgan.
Islom tarixida hadis, fiqh, tafsir va tasavvuf kabi ilmlar rivojlanişida köplab buyuk olimlar xizmat qilgan. Hakim Termiziy ham ana şunday allomalardan biri bölib, uning merosi bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatga ega.
Hakim Termiziyning töliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan at-Termiziydir. U taxminan IX asr boşlarida Termiz şahrida tavallud topgan. Uning otasi hadis ilmi bilan şuğullangan olimlardan bölgan. Hakim Termiziy yoşligidan ilm olişga qiziqqan va dastlabki bilimlarni oilasida egallagan.
U Termiz va Balx şaharlarida yaşagan muhaddislardan hadis ilmini örgangan. Şuningdek, fiqh va boşqa diniy ilmlarni ham çuqur özlaştirgan. Ilm talabida qilgan safarlari davomida turli olimlarning suhbatlarida qatnaşib, öz bilimini yanada oşirgan.
Hakim Termiziy sermahsul ijodkor olimlardan biri bölib, uning ilmiy merosi islom tafakkuri tarixida alohida ahamiyatga ega. U hadis, axloq, tasavvuf va inson ruhiyati bilan boğliq masalalarni öz asarlarida keng yoritgan.
Uning maşhur asarlaridan biri «Navodir ul-usul» bölib, unda hadislar va ularning mazmuni keng şarhlangan. Yana bir muhim asari «Xatm ul-avliyo» hisoblanadi. Uşbu asarda valiylik tuşunçasi, avliyolarning maqomi va insonning ma’naviy kamolotga erişişi kabi masalalar muhokama qilinadi.Hakim Termiziyning asarlari keyingi davrlardagi tasavvuf olimlari uçun ham muhim manba bölib xizmat qilgan. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham tadqiqotçilar tomonidan örganilmoqda.
Hakim Termiziy ta’limotida insonning içki dunyosi, qalb pokligi va nafs tarbiyasi muhim örin tutadi. Uning fikriça, inson haqiqiy ma’naviy kamolotga erişişi uçun avvalo öz nafsini tarbiyalaşi, qalbini yomon illatlardan poklaşi va ezgu amallarga intilişi lozim.
Alloma qalb va nafs örtasidagi munosabatga alohida e’tibor qaratgan. U insonning ma’naviy yuksalişini ilm, ibodat, sabr va axloqiy poklik bilan boğlagan.
Hakim Termiziy islom ilm-fani va tasavvuf tarixida öziga xos örin egallagan buyuk allomalardan biridir. Uning ilmiy va ma’naviy merosi insonni ilm olişga, axloqiy poklikka, sabr-toqatga va nafs tarbiyasiga undaydi.
Allomaning asarlari va qaraşlarini örganiş orqali tasavvufning mohiyatini, inson qalbining tarbiyasi va ma’naviy kamolotning ahamiyatini çuqurroq anglaş mumkin. Şu sababli Hakim Termiziy merosini örganiş bugungi kunda ham muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdulfattoh Abdulloh Bereke. «Hakîm et-Tirmizî». TDV İslâm Ansiklopedisi, 1997. https://islamansiklopedisi.org.tr/hakim-et-tirmizi
2. Hakim Termiziy. «Navodir ul-usul fi ma’rifati ahodis ar-rasul». Tahqiq: Mustafo Abdulqodir Ato. Bayrut, 1992.
3. Hakim Termiziy. «Xatm ul-avliyo». Naşrga tayyorlovçi: Usmon Ismoil Yahyo. Bayrut, 1965.
4. Bernd Radtke, John O’Kane. The Concept of Sainthood in Early Islamic Mysticism. Curzon Press, 1996.
Xurramov Azimjon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar