23.11.2026

Rahbarga itoat — jamiyat taraqqiyoti va tartib-intizom asosi

Insoniyat hayotida tartib-intizom, hamjihatlik va özaro hurmat muhim örin tutadi. Har qanday jamiyat, taşkilot, ta’lim muassasasi yoki jamoaning rivojlanişi undagi tartib-qoidalarga rioya qilinişi hamda mas’uliyatli şaxslarga hurmat bilan munosabatda bölişga boğliq. Ayniqsa, rahbar va unga itoat masalasi Islom dinida alohida ahamiyatga ega. Zero, rahbarga itoat qiliş jamiyatda birlikni mustahkamlaş, tartibsizlikning oldini oliş va umumiy manfaatlarni himoya qiliş vositalaridan biridir.

Islom dini insonlarni faqat şaxsiy ibodatlarga emas, balki jamiyat hayotida mas’uliyatli, tartibli va hamjihat bölişga ham da’vat etadi. Şu bois rahbarlarga itoat masalasi Qur’oni karim va sunnati nabaviyyada keng yoritilgan.

Alloh taolo Qur’oni karimda rahbarga itoat qiliş borasida Niso surasi 59-oyatida marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنْكُمْ

«Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payğambarga itoat qiling va özingizdan bölgan işboşilarga ham (itoat qiling)».

Mazkur oyati karimada Alloh taolo möminlarga uç muhim itoatni bayon qilmoqda: Allohga itoat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat va musulmonlar orasidagi işboşilarga itoat.

Bu oyat rahbarlarga itoat qilişning Islomdagi asosiy dalillaridan biridir. «Ulul amr» iborasi tafsirlarda musulmonlarning işlarini boşqaruvçi rahbarlar va ilm ahllarini ham qamrab olişi bayon qilingan.

Biroq uşbu itoat mutlaq emas. Çunki Islomda itoatning asosiy mezoni Alloh taoloning amrlariga muvofiq bölişidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahbarga itoat qilişning ahamiyatini köplab hadislarida bayon qilganlar.

Jumladan, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi şarifda şunday deyiladi:

السَّمْعُ وَالطَّاعَةُ عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ فِيمَا أَحَبَّ وَكَرِهَ، مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ، فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلَا سَمْعَ وَلَا طَاعَةَ.

«Musulmon kişiga özi yoqtirgan va yoqtirmagan işlarda ham(rahbarning amrini) eşitiş va itoat qiliş lozim. Modomiki, gunoh işga buyurilmas ekan. Agar gunoh işga buyurilsa, eşitiş ham, itoat ham yöq».

Bu hadisdan muhim bir qoida kelib çiqadi: musulmon kişi rahbarning şaxsiy qaraşlari yoki öziga yoqiş-yoqmasligiga qarab emas, balki şar’iy mezonlarga muvofiq iş tutişi lozim. Agar topşiriq ma’ruf, ya’ni yaxşilik va qonuniy tartib doirasida bölsa, unga itoat qiliş zarur. Ammo gunoh va ma’siyatga buyurilsa, bunday buyruqqa itoat qilinmaydi.

Demak, Islomda rahbarga itoat kör-körona böysuniş emas, balki mas’uliyat, adolat va şar’iy mezonlarga asoslangan itoatdir.

— Jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlaydi.

Agar har bir inson faqat öz fikri va xohişiga tayanib iş tutsa, jamoada kelişmovçilik va tartibsizlik yuzaga keladi. Rahbarning oqilona qarorlari va jamoaning ularga rioya qilişi esa umumiy maqsad sari birlaşişga xizmat qiladi.

— Tartib-intizomni ta’minlaydi.

Har qanday muassasa va taşkilotning öz içki tartib-qoidalari mavjud. Uşbu qoidalarga rioya qiliş ta’lim, mehnat va boşqa sohalarda samaradorlikni oşiradi.

— Mas’uliyat hissini kuçaytiradi.

Rahbarga itoat qiliş insonni öz vazifasiga jiddiy qaraşga, topşirilgan işni öz vaqtida va sifatli bajarişga örgatadi.

— Kelişmovçiliklarning oldini oladi.

Jamoada har kim öz bilganiça iş tutişi turli nizolarni keltirib çiqarişi mumkin. Umumiy tartibga rioya qiliş esa bunday holatlarning kamayişiga yordam beradi.

Bunday hikmatlarni sanasak juda ham koʻp. Biz asosiylari deb hisoblaganlarimizni keltirib oʻtdik. 

Madrasa hayotida rahbarga itoatning ahamiyati:

Rahbarga itoat qiliş masalasi, ayniqsa, ilm maskanlarida katta ahamiyatga ega. Madrasa nafaqat ilm beradigan, balki odob-axloq, intizom, mas’uliyat va jamoaviy hayot madaniyatini şakllantiradigan tarbiya maskanidir.

Talaba uçun ustoz va muassasa rahbariyatining körsatmalariga hurmat bilan munosabatda böliş ilm oliş odoblaridandir. Darslarga öz vaqtida keliş, belgilangan içki tartib-qoidalarga rioya qiliş, ustozlarning nasihatlarini tinglaş, jamoat işlarida faol böliş — bularning barçasi rahbarga itoatning amaliy körinişlaridir.

Madrasa talabasi şuni yaxşi anglaşi kerakki, ilm faqat kitob öqiş va ma’lumot yodlaş bilan hosil bölmaydi. Ilmning samarasi insonning odobi, muomalasi va kundalik hayotidagi xulq-atvorida ham namoyon böladi.
Şu nuqtayi nazardan, rahbariyatga hurmat va belgilangan tartibga rioya qiliş talabaning kelajakda jamiyatga foydali, mas’uliyatli va yetuk inson bölib şakllanişida muhim omildir.

Islomda itoat masalasi faqat qöl ostidagilarning vazifasi sifatida qaralmaydi. Rahbar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Çunki rahbarlik — mansab yoki imtiyoz emas, balki omonat va javobgarlikdir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday marhamat qilganlar:

كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ

«Har biringiz rahbarsiz va har biringiz öz qöl ostidagilari haqida mas’uldir».
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Uşbu hadisdan ma’lum böladiki, har bir inson öziga yuklatilgan vazifa va mas’uliyat yuzasidan javobgardir. Rahbar esa öz qöl ostidagilarga adolatli munosabatda bölişi, ularning manfaatlarini közlaşi, haq-huquqlarini himoya qilişi va öz vazifasini sidqidildan bajarişi lozim.

Rahbarning adolati va mas’uliyati jamoaning işonçini mustahkamlaydi. Öz navbatida, jamoaning intizomi va itoati muassasaning rivojlanişiga xizmat qiladi. Şunday ekan, rahbar va jamoa örtasidagi munosabat özaro hurmat, işonç va mas’uliyat asosida qurilişi zarur.

Xulosa qilib aytganda, rahbarga itoat qiliş Islom dinida jamiyat tartibi, birlik va hamjihatlikni saqlaşga xizmat qiladigan muhim tamoyillardan biridir. Bu tamoyil insonlarni özaro hurmatga, intizomga, mas’uliyatga va umumiy manfaat yölida hamkorlik qilişga çorlaydi.

Şu bilan birga, itoatning çegarasi Alloh taoloning amrlariga muvofiq bölişi bilan belgilanadi. Gunoh va ma’siyatga buyurilgan holatda heç kimga itoat qilinmaydi.

Har bir talaba, ustoz, xodim va rahbar öz vazifasini sidqidildan ado etsa, özaro hurmat va işonçni saqlasa, albatta, bunday jamoada ilm, tarbiya va taraqqiyot rivoj topadi.

Zero, tartib bor joyda baraka, hamjihatlik bor joyda quvvat, mas’uliyat bor joyda esa yuksaliş böladi.

Alloh taolo barçamizni oʻziga itoatli, rosuliga muhabbatli, mas’uliyatli, odobli va jamiyatga manfaat yetkazadigan bandalaridan qilsin. 

 

Ismoiljonov Muhammadsodiq – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar