Yetti qiroat imomi va ularning ilmiy merosi
Qur’oni karimni töğri va işonçli tarzda öqiş musulmonlar uçun muhim ibodat va ilmiy an’anadir. Qur’on qiroatlari avloddan avlodga ustoz-şogird silsilasi orqali yetkazilgan. Islom ilmiy merosida ayniqsa yetti qiroat imomi nomi bilan maşhur bölgan yetti olimning xizmatlari alohida örin tutadi.
Qiroat nima?
“Qiroat” sözi öqiş, tilovat qiliş ma’nolarini bildiradi. Qur’on ilmlarida esa u Qur’on oyatlarini muayyan talaffuz va öqiş qoidalariga muvofiq tilovat qiliş usulidir. Qiroat imomlari Qur’onni öz ustozlaridan örganib, keyingi avlodlarga aniq va işonçli tarzda yetkazganlar.
Qiroatlardagi ayrim farqlar talaffuz, çöziş, imlo yoki söz şakliga oid bölişi mumkin. Ular Qur’on matnini özboşimçalik bilan özgartiriş emas, balki rivoyat zanjirlari orqali naql qilingan öqiş usullaridir. Qiroatni örganişda ustozdan oğzaki ta’lim oliş muhim sanaladi.
Yetti qiroat imomi
Yetti qiroat imomi turli şaharlarda yaşab, qiroat ilmi bilan tanilgan. Ularning har biri öz hududidagi ilmiy muhit va ustozlardan ta’lim olgan.
- Nofi‘ al-Madaniy — Madinada yaşagan. Uning maşhur roviylari Qolun va Varşdir.
- Ibn Kasir al-Makkiy — Makkada faoliyat yuritgan. Uning qiroati Bazziy va Qunbul orqali rivoyat qilingan.
- Abu Amr al-Basriy — Basra qiroat maktabining taniqli imomlaridan. Maşhur roviylari Duri va Susi hisoblanadi.
- Ibn Omir aş-Şomiy — Şom hududida qiroat ilmini yoygan. Uning roviylari Hişom va Ibn Zakvondir.
- Osim al-Kufiy — Kufa qiroat maktabining maşhur olimi. Uning qiroati Hafs va Şu‘ba orqali yetkazilgan.
- Hamza al-Kufiy — Kufa şahrida qiroat ilmining rivojiga hissa qöşgan. Uning roviylari Xalaf va Xalloddir.
- Al-Kisoiy al-Kufiy — Qiroat bilan birga arab tili va grammatikasi sohasida ham tanilgan. Maşhur roviylari Abu al-Horis va Duri hisoblanadi.
Imom va roviy örtasidagi farq
Qiroat imomi — öziga xos öqiş usuli ustozlaridan örganilib, undan keyingi avlodlarga yetkazilgan olimdir. Roviy esa şu imomdan qiroatni qabul qilib, uni boşqalarga naql qilgan şogird hisoblanadi.
Masalan, “Hafs ‘an Osim” iborasi Hafsning Osimdan rivoyat qilgan qiroatini anglatadi. Hozirgi kunda köplab musulmon mamlakatlarida, jumladan Özbekistonda ham, asosan şu rivoyat asosida Qur’on tilovat qilinadi.
Yetti qiroat va yetti harf
“Yetti qiroat” tuşunçasini hadis va tafsir manbalarida uçraydigan “yetti harf” iborasi bilan aynan bir ma’noda işlatmaslik kerak. Bu ikki mavzu özaro boğliq bölsa-da, qiroat ilmi olimlari ularni alohida masalalar sifatida örganganlar.
Şuningdek, yetti qiroat Qur’onning faqat yetti xil nusxasi borligini anglatmaydi. Bu atama qiroat ilmi tarixida maşhur bölgan yetti imomning öqiş usullariga nisbatan qöllanadi. Keyinçalik yana uç qiroat ham qabul qilingan qiroatlar qatorida keng örganilib, ön qiroat tuşunçasi şakllangan.
Yetti qiroat imomi Qur’on tilovatini asrab-avaylaş va uni işonçli ustozlar orqali avlodlarga yetkazişda katta xizmat qilgan. Ularning qiroatlari roviylar orqali tarqalib, musulmon olamida qiroat ilmining rivojlanişiga asos bölgan. Bu meros Qur’onni töğri öqiş bilan birga, ilmni sanad va ustozlar orqali örganiş an’anasining ham muhim namunasidir.
Ğaniyev Olimjon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi
“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar