26.11.2026

Hakim Termiziyning ilmiy safarlari va ilm yölidagi izlanişlari

Hakim Termiziy islom ilm-fani va tasavvuf tarixida muhim örin egallagan buyuk allomalardan biridir. U özining ilmiy izlanişlari, hadis ilmini örganişi va ma’naviy qaraşlari bilan islom tafakkuri rivojiga munosib hissa qöşgan. Allomaning hayotida ilm oliş maqsadida amalga oşirgan safarlari alohida ahamiyatga ega.

Hakim Termiziyning ilmga bölgan qiziqişi yoşligidan boşlangan. U özining «Bad’u şa’ni Abu Abdulloh» nomli avtobiografik asarida sakkiz yoşida ilm örganişni boşlaganini yozadi. Dastlab hadis va fiqhga oid bilimlarni egallagan. Keyinçalik Termiz va Balx şaharlaridagi muhaddislardan hadis ilmini örgangan. Bu ma’lumotlar uning ilmiy şakllanişida mahalliy ilmiy muhit muhim örin tutganini körsatadi.

Hakim Termiziy hayotidagi muhim voqealardan biri uning taxminan yigirma yetti yoşida haj safariga çiqişidir. U öz asarida Baytullohni ziyorat qiliş istagi paydo bölgani va safarga otlanganini bayon qiladi. Uşbu safar davomida Iroqqa borib, u yerda hadislarni tinglagan. Keyinçalik Basra şahriga, undan esa Makkaga yöl olgan. Alloma Makkaga Rajab oyida yölga çiqqani va Şa’bon oyining oxirida u yerga yetib kelganini qayd etadi.

Makkada bölgan davrida Hakim Termiziy ibodat va tafakkur bilan maşğul bölgan. U Ka’ba yaqinidagi Multazam joyida duo qilib, Allohdan özini ma’naviy jihatdan kamolga yetkazişni va Qur’onni yod olişni nasib etişini söragan. Uşbu voqealar uning avtobiografik asarida keltirilgan bölib, olimning ma’naviy hayotida muhim buriliş yasagan.

Haj safaridan qaytiş davomida Hakim Termiziy Qur’onni yod olişni boşlagan va Termizga qaytgaç, uni yodlaşni yakunlagan. Keyinçalik ham ilmiy izlanişlarini davom ettirib, hadis, Qur’on, axloq va tasavvuf masalalarini çuqur örgangan. Uning hayoti davomida ilm va ma’naviy kamolot bir-biri bilan çambarchas boğliq bölgan.

Hakim Termiziyning ilmiy safarlari va izlanişlari uning keyingi asarlarida ham öz aksini topgan. Jumladan, «Navodir al-usul» asarida hadislar va ularning mazmuni yoritilgan bölsa, «Xatm al-avliyo» asarida avliyolik, insonning ma’naviy kamoloti va ruhiy tarbiya masalalari bayon etilgan.

Xulosa qilib aytganda, Hakim Termiziyning ilmiy safarlari uning bilim va dunyoqaraşi şakllanişida muhim ahamiyatga ega bölgan. Ayniqsa, Iroq, Basra va Makkaga qilgan safari uning hadis ilmini örganişi hamda ma’naviy kamolotiga ta’sir körsatgan. Allomaning hayot yöli ilm oliş, izlaniş va ma’naviy yetuklikka intilişning yorqin namunasi hisoblanadi.

 

Qosimov Salmon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi 2-kurs talabasi

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar