27.11.2026

Namozning fazilati

Alloh, yetti qavat osmonni yaratgan çoğida ularni fariştalar bilan töldirdi. Ular heç orqaga surmay Allohga ibodat qiladilar, namoz öqiydilar. Alloh har bir osmon ahli uçun bir ibodat turini tayinladi. Bir osmon ahli sur puflangunga qadar qiyomatda turadi. Bir osmon ahli rukuda, bir osmon ahli sajdada, bir osmon ahli Allohning mahobati va qudratidan titraydi. Katta-katta fariştalar va Arş ahli Arşning atrofini tavof qilib Robbilarini madh va tasbeh qiladi va yer ahli uçun istiğforda böladi. Alloh möminlarga karomat tarzida bu asoslarning hammasini namozda jamlagandir va möminlar osmon ahlining ibodatidan özlari uçun quvonç lazzat oladilar. Undan taşqari Alloh möminlarga Qur’onni ham bergan, uni namozda öqiydilar. Alloh öz bandalaridan, bergan ne’matlari uçun şukur qilişni talab etadi. Namozni butun şartlari va rukulari bilan töla-tökis ado etişlari ularning şukridir.

Alloh taolo Qur’oni karimda şunday marhamat qiladi.

 “Lekin Ular(yahudiylar)orasida ilmda mustahkam bölgan kişilar hamda sizga nozil qilingan narsaga imon keltiradigan möminlar, xususan, namozni barpo qiluvçilar, zakotni ado etuvçilar, Allohga va “Oxirgi kuni” (qiyomat)ga imon keltiruvçilar ham borki, aynan ularga, albatta, ulkan mukofot ato eturmiz”.

Qur’onda qayerdagi namoz zikr qilingan bölsa, öşa yerda şak-şubhasiz uning “ado etilişi” ham zikr qilinganini körasiz. Munofiqlardan söz oçilganda Alloh taolo Qur’oni karimda buyurdiki:

“Bas, namozlarini “unutib” qöyadigan kimsalar bölgan “namozxon”larga halokat bölgay”.

Alloh munofiqlarni faqat “namozxon” deydi, möminlarni esa, “namozlarida böyin eguvçilar” deydi. Bunga sabab namoz öquvçilar köpçilik, ammo namozi qabul böluvçilar ozçilik bölgandir. Ğaflat ahllari xalq orasida ikkiyuzlamaçilik qilib özlariga e’tibor qaratiş uçun ibodat qiladilar, yaxşi iş Allohga atalgandagina qabul bölişini, şunda ham qabul böliş-bölmasligi gumonligini bilmaydilar, bu haqda öylamaydilar ham.

Payğambarimiz s.a.v öz hadisi şariflarida marhamat qiladiki:

“Orangizda ba’zi birlaringiz namoz öqiysiz-u, ammo bu namozlarning faqatgina uçdan biri, yoki törtdan biri va yo beşdan biri yoxud oltidan biri, hatto balki öndan biri amal daftariga yoziladi”. 

Yana Payğambarimiz s.a.v marhamat qiladilar.

“Kim qalban Allohga yuzlanib ikki rakat namoz öqisa, onadan yangi tuğilganday gunohlaridan foriğ böladi”.

Abu Umoma r.a rivoyat qilingan hadisda: 

“Bir odam Payğambarimiz huzuriga keldi. Bir-ikki marta: “Ey Allohning Rosuli, Allohning qonuni menga tadbiq etib körsating!” – deydi. Payğambarimiz indamay u yerdan uzoqlaşdilar. Keyin namoz öqildi. Namozdan keyin Payğambarimiz: “Qani anovi odam?” deb söradilar. U: “Manaman, bu yerdaman!”- dedi. Rasululoh: “Bundan sal oldinroq yaxşilab tahorat olib biz bilan birga namoz öqidingmi?”deb söradilar. Odam: “Ha!” deb javob berdi. Şunda Payğambarimiz: “Sen şu onda onadan yangi tuğilganday gunohsizsan”. Alloh şu onda Rosuliga şu oyatni nozil qildi: “Kunduzning har ikki tarafida, keçaning bir bölagida namozni tökis ado qiling! Albatta, yaxşi amallar yomonlik- gunohlarni ketkazur. Bu, quloq tutguvçilar uçun eslatmadir”.

Payğamarimiz s.a.v öz hadisi şariflarida marhamat qiladiki: 

Bir kişi Payğambarimiz s.a.v dan söradilarki: Amallarning qaysisi köproq fazilatga ega? Rasululloh s.a.v aytdilarki: Vaqtida öqilgan namoz! Kimki yaxşilab tahorat olib beş vaqt namozini vaqtida öqisa, qiyomat kuni u namoz uning uçun bir nur va qölida bir hujjat böldi. Kimki namoz öqisa yoki namoz öqişni taşlab yuborsa, qiyomat kuni Fir’avn va Homon bilan birga söroq qilinadi. Jannatning kaliti namozdir. Allohning bandalariga faz qilgan narsalari içida eng köp yaxşi körgani-namozdir. Agar namozdan ham köproq yaxşi körgan biron ibodati bölsaydi, turgan gapgi, fariştalar Allohga öşa ibodatni qilişardi. Holbuki fariştalardan biri doimo qiyomda va qa’dadadir. 

Kim yaxşilab tahorat olib, namoz öqiş vaqtida jome’ga qarab yöl olsa, u namozni niyat qilgan vaqtidan boşlab namozda hisoblanadi. Unga har ikki odamidan bir muqobilida savob yoziladi, ikkinçi odami muqobilida gunohi yuviladi. Har biringiz yaxşi bilingki, azonni eşitgandan keyin namozga keçikişingiz töğri bölmaydi. Darhol namozga qarab yöl olmoq lozim. Çunki jome’dan eng uzoqda bölganlar eng köp savob oluvçilardir. Abu Hurayradan: “Nega?” - deb söraganlarida, “Odamlar köp bölgani uçun”,- deya javob bergandi. 

Bir kişi Payğambarimizga: “Allohga duo qiling. Meni, Sizning şafoatingizga moil bölganlardan va jannatda siz bilan birga turuvçilardan aylasin!” dedi. Payğambarimiz: “Menga, sajdalaring köpligi bilan yordam ber! Deb buyurdilar”. Yana aytdilarki: “Bandaning Allohga eng yaqin bölgan çoği sajda qilayotgan çoğidir. Sajda paytida duo qiling”.

 

Davutov Sayyidburxon – “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi 

 

“Imom Termiziy” ÖMITM matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar