Hakim Termiziy merosida axloq, ma’rifat va inson kamoloti ğoyalari hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati (1-qism)
Hakim Termiziy axloqiy ta’limotining markaziy tuşunçasi — nafs (inson “men”i, uning istak va mayllari)dir. “Riyozat un-nafs” va “Adab un-nafs” asarlarida alloma nafsning tabiati, uning havo (nafsoniy mayl) va şahvat vositasida insonni töğri yöldan oğdirişi, aql va qalbning esa unga qarşi tura oliş qudrati haqida batafsil töxtaladi. “Riyozat” sözi asli “çiniqtiriş, tarbiyalaş” ma’nosini bildirib, allomaning nazdida axloq — bu tuğma holat emas, balki izçil maşq, özini nazorat qiliş va tafakkur orqali hosil qilinadigan malakadir. Bu qaraş zamonaviy pedagogikadagi “öz-özini tarbiyalaş” va “irodaviy sifatlarni şakllantiriş” tuşunçalari bilan hamohangdir.
Allomaning axloqiy psixologiyasi “Bayon ul-farq bayn as-sadr val-qalb val-fu’od val-lubb” (“Kökrak, qalb, fu’od va lubb örtasidagi farq bayoni”) asarida yanada çuqur oçib beriladi.
Unda inson botiniy olami tört bosqiçli tuzilma sifatida tasvirlanadi:
sadr (kökrak) — islomning, ya’ni taşqi itoatning makoni;
qalb — iymon va yaqinning makoni;
fu’od — ma’rifat, ya’ni Haqni muşohada etiş makoni;
lubb (mağiz) — tavhid nuri jamlanadigan eng içki maqom.
Olimlar uşbu asarni “tasavvufiy psixologik risola” deb atab, uning islom tafakkuridagi dastlabki tizimli ruhiyat tahlillaridan biri ekanini ta’kidlaydi. Hakim Termiziyga köra, axloqning çinakam sifati insonning taşqi xulqida emas, balki qalbining qaysi bosqiçda turganida namoyon böladi: riyo, kibr va hasad kabi illatlar sadrda joylaşib, qalbni xiralaştiradi, ixlos va tavoze esa qalbni poklab, uni fu’od va lubb darajasiga kötaradi.
“Manozil ul-ibod min al-iboda” asarida alloma bandaning Allohga yaqinlaşiş yölidagi yetti manzil (bosqiç)ni körsatadi: tavba, zuhd, adovat un-nafs (nafsga qarşi kuraş), muhabbat, qat’ ul-havo (nafsoniy mayllarni uziş), xavf va qurbat (yaqinlik). Bu tasnif axloqiy kamolotni bir martalik qaror emas, balki tadrijiy, bosqiçma-bosqiç yuksaliş jarayoni sifatida tasavvur etadi. Har bir bosqiçning öz vazifasi, öz sinovlari va öz mevasi bor; keyingi bosqiçga oldingisini mustahkamlamay ötib bölmaydi.
Allomaning şoh asari “Navodir ul-usul” 291 ta “asl”ga bölingan bölib, har bir aslda muayyan hadis keltirilib, uning botiniy ma’nolari va axloqiy saboqlari şarhlanadi. Asarning köplab boblari rostgöylik, omonatga xiyonat qilmaslik, tilni saqlaş, ota-onaga hurmat, qöşniçilik huquqlari, halol kasb va saxovat kabi amaliy axloq masalalariga bağişlangan. I. Usmonovning qayd etişiça, “Navodir ul-usul”ning “Eng gözal xulqlar” nomli 190-bobida alloma saxovat, mardlik va vafo kabi fazilatlarni Payğambar (s.a.v.) hayotidan va arab-u ajam xalqlari tarixidan olingan misollar bilan asoslaydi. Demak, Hakim Termiziy nazdida axloq — umuminsoniy qadriyat bölib, u barça xalqlar va davrlar uçun birdek ahamiyatlidir.
Abdulbosit Xamidov - Imom Termiziy nomidagi islom instituti islom tarixi fani öqituvçisi
Imom Termiziy NII matbuot xizmati
УЗ
РУ
EN
العربية
Izohlar