KONSTITUTSIYA QOMUSIMIZ-FAXRIMIZ
Yangi O‘zbekistonni yaratishga katta hissa qo‘shish shu Vatanda yashayotgan biz yoshlarning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Yuksak mas’uliyatni anglagan holda, jamiyatda o‘rnatilgan tartib va intizomga amal qilib, yashash, huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki huquqiy davlat o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo‘lishi, mas’uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha’ni, qadr-qimmati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning hayotda amaliy ifoda topishida biz yoshlar o‘sib kelayotgan avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy bilimga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatning yuksakligi muhim ro’l o‘ynaydi. Konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati quyidagi sabablardan kelib chiqqan edi:
1.Konstitutsiya milliy davlatni tashkil etishning yuridik asosi bo‘lishi kerak, mustaqil davlatning esa o‘z Konstitutsiyasi bo‘lishi.
2. Konstitutsiya xalqning inson huquqlari va demokratik munosabatlarni e’lon qilishga intilishlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishi.
3.Konstitutsiya inson va fuqarolarning jamiyat va davlatdagi asosiy huquqlari va burchlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlashi.
4. Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlar xarakterini, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab berishi zarur edi.
Konstitutsiyamizda butun bir davlatning tuzulish tizimi berilgan. Buni biz 11-moddada ko’rishimiz mumkin; O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Ya’ni davlatni bir joyda jamlash mumkin emas. Qonun chiqaruvchi bu Oliy Majlis, Ijro etuvchi Vazirlar Mahkamasi, Sud esa konstitutsiyaviy sud, fuqorolik sudi, iqtisodiy sud va h.k. lar dir. Qomusimizda barcha sohalar qamrab olingan xususan diniy soha ham;
31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18-modda. O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart.
61-modda. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.
Chet el fuqarolariga ham barcha huquq va majburyatlari ko’rsarilgan, ammo ular harbiy xizmat qila olmaydi, sababi harbiy qizmat qilish faqat O’zbekiston fuqarolaring majburiyatlaridir.
O‘zbekiston yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liqdir. Konstitutsiya qabul qilungungacha asosiy qonun vazifasini “O’zbekiston mustaqillik asoslari” to’g’risidagi qonun bo’lgan. Konstitutsiyamizning barcha sohani qamrab olganing yaqol dalili uni yaratishda barcha sohadan mutaxasislar qatnashgan. Birinchi Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun mamlakatning ko‘zga ko‘ringan siyosatshunos, huquqshunos, iqtisodchi va boshqa mutaxassis olimlaridan tarkib topgan 64 kishidan iborat komissiya tuzilgan. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash komissiyasining birinchi tashkiliy majlisi 1991-yil 12-aprelda bo’lib o‘tgan. Unda kelajagi buyuk davlatning Konstitutsiyasi «O‘zbek xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizni qayta tiklashi, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak» degan g’oya ilgari suruldi. 1992-yil 8-dekabr XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida Konstitutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bosh va ustuvor tamoyillari:
barcha fuqarolarning teng huquqliligi;
biron-bir millatga daxldorligi, diniy e’tiqodi va mazhabidan qat’i nazar, jamiyatda shaxs ustunligi va ijtimoiy adolat barqarorligini ta’minlash;
milliy ozchilikni tashkil etuvchi aholi qatlamlariga e’tibor bilan qarash, ularning tili, xalq an’analari va urf-odatlarini hurmat qilish;
ularning o‘ziga xosligi va taraqqiyotini saqlashga zaruriy shart-sharoitlar yaratish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining sifatini belgilovchi mezonlar ham mavjud bo‘lib, ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Jumladan:
konstitutsiyaning huquqiy davlatni barpo etish ehtiyoji va istiqbollariga muvofiqligi;
xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarning kontitutsiyani yaratishda ijodiy foydalanilganligi;
konstitutsiyaning bevosita harakatdagi huquq ekanligi;
konstitutsiyaning huquq manbayi sifatida yetakchilik roli hamda davlat va jamiyatda barqarorlikka erishishdagi ahamiyati va shu kabi mezonlardir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi Muqaddima, 128 modda, 26 bob va 6 bo‘limni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maqsadi, prinsiplari, asosiy qoidalari mazmun va mohiyati negizini belgilovchi ulug‘vor g‘oyalar uning Muqaddimasida to‘la bayon etilgan.Konstitutsiyani qabul qilishda xalqaro huquqiy normalar ham hisobga olingan bo’lib Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustuvor yo‘nalishdagi hujjatlari, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, xalqaro huquqning me’yor va tamoyillari hisobga olingan. Shu bilan birga AQSH, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya, Vengriya, Turkiya, Eron, Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa davlatlarning xalqaro huquq talablarini aks ettiruvchi konstitutsiyaviy tajribalarini o‘zida jamlagan. Konstitutsiyadagi qoidalar xalqaro huquq qoidalari va talablariga to‘la monand keladi. Ya’ni, O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga sodiqligini Konstitutsiyada to‘la ifoda etdi. Bu esa o‘z navbatida davlatimizning xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a’zo bo‘lishiga va xalqaro aloqalarning faol ishtirokchilaridan biriga aylanishiga zamin yaratib berdi. Konstitutsiyada xalqaro huquqning quyidagi ustuvor prinsiplari va me’yorlari mujassam bo‘lgan, ya’ni yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, inson huquqlariga sodiqlik, demokratik g‘oyalarga sadoqat, fuqarolar tinchligi, milliy va millatlararo totuvlik, barcha davlatlarning suverenitetini tan olish, ularning chegaralari daxlsizligini so‘zsiz e’tirof etish, kuch ishlatmaslik va ichki ishlarga aralashmaslik. Shuni ham aytib o’tish joyizki Konstitutsiya xalqaro normalardan tashqari o’z milliy urf-odatlarini ham hiobga olgan. Buning dalili XIV bob “ Oila” boboda ko’rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya bizning baxtimiz kafolati va barcha qonunlarning asosidir.
Arziyev Soatmurod – Ta’lim muassasasi 2-bosqich talabasi
Izohlar