JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFATDA "OMMAVIY MADANIYAT”NING SALBIY TA’SIRI VA UNDAN HIMOYALANISH
Ushbu maqolada oʻzining milliy gʻoyasiga ega boʻlmaslik, gʻarbga koʻr-koʻrona ergashish johillik ekanligi, shuningdek, “ommaviy madaniyat”ning milliy ma’naviyatga salbiy ta’sirlari hamda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish va milliy ma’naviyatni saqlab qolish xususida so`z yuritiladi.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda “antikultura” (“gʻayrimadaniyat”) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun “Pop (ommaviy) madaniyat” tushunchasi nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, “ommaviy madaniyat“ aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi. Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.
Tanaga turli rasmlar chizdirish (tatiurovka), Helovvin bayramini nishonlash, tananing turli qismlarini teshdirib turli temirli buyumlarni taqish, jamoat joylarida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqealarni foto va video lavhalarga olish (insonlarga yordam bermasdan), shu bulan birgalikda turli ko'rinishlari mavjud...
Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop (ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop (ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham “ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining “Mona Liza” (“Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va “Moʻylovli Jakonda” asarini yaratgan. Mana shunday “achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi” — “ommaviy madaniyat” faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. “Ommaviy madaniyat” namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni “isyon ifodasi” deb bilishadi. “Nimaga qarshi isyon” degan savol tugʻiladi. Agar “pop-madaniyat” dunyoga “ehson” etayotgan “pop-art” (“tasviriy sanʼat” desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq.
Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari “pop-madaniyat” tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi.Chunonchi, “ommaviy madaniyat” namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish. “Pop-art”chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va “narsalarga qullik”ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R.Bredberi aytganidek, “ommaviy madaniyat” maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.
Agar ayrim g‘arb davlatlarida erkak bilan erkakayol bilan ayol o‘rtasidagi nikoh - hayratlanarli hodisa bo‘lmay qolayotganligi nazar tutilsa, «ommaviy madaniyat» targ‘ib etayotgan ma'naviy tubanliklar, behayoliklar, qabohatlar naqadar chuqurlashib ketganligini tasavvur etish qiyin emas.
Hozirgi kunda milliy ma’naviyatga xavf solayotgan taxdidlardan birini hech ikkilanmasdan ommaviy madaniyat deyishimiz mumkun. Yetakchi g’arb mamlakatlarida estetik va ma’naviy-madaniy ehtiyojlari nisbatan tor odamga mo’ljallangan ijodiy asar yoki buyimlarni ishlab chiqarish tadbirkorlarni bir turiga aylangan.
Demak, bugun bu “ommaviy madaniyat” degan balo bizning vatanimizga kirib kelgan va yoshlar ongiga oz tasirini otkazayotgan ekan, unga qarshi kurash uchun nima qilmoq kerak, degan savol oz-ozidan tugilishi tabiiy
Buning uchun avvalo, “Ommaviy madaniyat” degan tushunchani, uning salbiy oqibatlarga olib kelishini, boshlangich sinflardan sodda korinishlar bilan tushuntirishni boshlash va bu ishni talimning barcha bo`ginlarida bosqichma-bosqich davom ettirish zarur. Bundan tashqari, internetda manaviyatni shakllantiruvchi milliy gurur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi insoniy fazilatlar bilan sugorilgan milliy saytlar yaratishimiz zarur.
Misol tariqasida hozirda bir “Odnoklassniki” saytida “Janub gavhari” deb nomlangan milliy manaviyatimizni targib qiluvchi guruh ochilgan. Unga Prezidentimizning: ”G`oyaga qarshi g`oya, mafkuraga qarshi mafkura, jaholatga qarshi marifat bilan kurashish kerak” degan dono fikrlarini status qilib qoyilgan.
Bunda prezidentimizning yoshlarga bagishlangan fikrlarini, buyuk ajdodlarimizning komil inson va manaviy barkamollik haqida bildirgan fikrlarini, hadislardan namunalar berib bormoqda.
Bundan tashqari, milliy manaviyatimizni shakllantiruvchi milliy kompyuter oyinlarini, multfilmlarni yaratishimiz, milliy qadriyatlarimiz aks etgan yoshlarni oziga jalb qila oladigan badiiy asarlar yaratish,milliy musiqa, qoshiq matlariga etibor berish, milliy manaviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni internet saytlari orqali koproq reklama qilishimiz kerak.Londa qilib aytganda, yoshlarimiz qiziqayotgan osha “pop” janriga teng keladigan, biroq milliylik bilan sugorilgan, milliy manaviyatimizga mos keladigan kerak bolsa, uni mustahkamlaydigan yangi janr yaratishimiz kerak.
Shunday ekan, bugun biz yosh avlod tarbiyasiga ertangi kun vorislari sifatida jiddiy etibor berishimiz kerak. Yoshligidan oilada soglom moddiy-manaviy turmush tarzini yaratib berishimiz, ularning imkoniyatlarini orzu-havaslarini yaxshilik va ezgulik uchun xizmat qilishga yo`naltirishimiz kerak. Ertangi kun qanday bo`lishi bizga, biz talim-tarbiya berayotgan yoshlarga bog`liqligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Imom Termiziy o`rta maxsus ta`lim muassasasi
2 bosqich talabasi Yangiboyev Asadulloh
Izohlar