06.03.2023

Ommani buzayotgan Ommaviy madaniyat

«Ommaviy madaniyat». Bu so`z televizor, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali juda ko’p bora takrorlandi va bu tushuncha 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan insonlar ongiga shu qadar singib ketdiki, hatto-ki asl ma`nosi nima ekanini bilmagan yoshlar ham “oqilona” foydalanishyapti. Ayniqsa kundan kun johiliyat botqog`iga botayotgan G`arbdan Ommaviy madaniyat andozalarini olayotgan ayrim yoshlar va eng achinarlisi ko’pni ko’rgan va hayotda oq-u qorani ajrata oladigan katta yoshli kishilarni Ommaviy madaniyat deya qilayotgan ishlari kishi aqliga sig`maydi.

Hayotini g`arbliklarnikiday qilishga urinish yetmaganday bunday axmoqona ishlarini “Biz zamonaviy musulmonlarmiz, Biz zamonaviy oilamiz” deya to’g’rilash sog’lom fikrli musulmonning g’azabini keltiradi. Menimcha, bularni barchasi ilmsizlik va islomdan uzoqdalik oqibatidir. Bo’ronli kunda ichi bo’sh ko’zadan baland ovoz chiqadi. Ochiqroq aytadigan bo’lsak bugungi fitnaga to’lib toshgan zamonda shunday ilmsiz va tor doirada fikr yuritadigan insonlar jonli qurol vazifasini qoyilmaqom tarzda bajaradi. Biz bunday holatlarni bugungi kunda ko’p marotaba guvohi bo’lyapmiz.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam  ta`birlari bilan aytganda: “Kim dunyo hayotida o’zini qaysidir bir qavmga o’xshatsa qiyomat kunida o’sha qavm bilan birga tiriladi”.

Juda ham dahshat emasmi: oxirat kunida adashganlar, kufr keltirganlar va jahannam ahli tarafida turish? Aslida madaniyatning ham, axloqning ham eng yuksak ko’rinishi Islom dinimizda mujassam emasmi?!

Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, go’zal xulqlari Qur`on bo’lgan zot – Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan andoza olish, taqlid qilish eng to’g’ri   yo’l emasmi?!

G’arb madaniyatining qaysi jabhasida badavlat insonning mulkida faqirlarning haqqi borligi, yetimga taom berish va o’z tarbiyasiga olib go’zal tarbiya berish, ota-ona qarib zaif  bo’lib qolgan vaqtda xizmat qilishni buyuradi?!

Menimcha, asl ommaviy madaniyat deb targ`ib qilish, amalda to`la joriy etish kerak bo`lgan mukammal madaniyat, ma`rifat hammasi islom dinida mujassam, asl islom esa dinimizga sidqidildan xizmat qilgan va hozirda ham xizmat qilayotgan din peshvolarining qalbida joylashgan taqvo sandig’ida saqlanmoqda.

G’arbning ommaviy madaniyati – jaholat, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bugungi kunda har vaqtdagidanda muhimroqdir!

Imom Termiziy o`rta maxsus ta`lim muassasasi

2 bosqich talabasi Abdulahatov Ilyosbek 

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar