06.03.2023

Ota-onaga oq bo'lish gunohi kabiralardandir

Muqaddas Islom dinimizda ota onaga oq boʻlishdan koʻra kattaroq gunoh yo'q. Kim ota onasiga oq boʻlgan holda oʻlsa, jannatning hidini ham hidlamaydi. Oqpadarga aytingki: Xohlaganingcha toat qilaver, baribir, senga ajr savob tegmaydi. Allohning rizosi ota onanig rizosidadir va uning g'azabi u ikkovlarining g'azabidadir. Kim ota onasiga oq boʻlsa, albatta Allohga osiy boʻlibdi. Qabr azobining eng qattig'i oqpadargadir. Doʻzaxning eng chuqur joyi uch toyifagadir: mushrikka, qoʻshnisi bilan zino qiluvchiga va ota onasiga oq boʻlgan kishigadir. Oqpadar va munofiq dafn qilinsa, doʻzaxning eng past, eng chuqur yeriga tashlanadi! Agar oqpadar yo Robim! Desa, seni eshitmayman, senga ijobat qilish va saodat yuqdir, deydi. Oqpadar gunohda va azobda mushrikka sherikdir.Ota onaga oq boʻlishning  koʻrinishlari:

1.Ota onasiga umuman itoat qilmaslik. O'ziga maʼqul kelgan narsalardagina ota-onaga quloq solib, o'ziga yoqmaydigan narsalarda itoat qilmaslik. Bazi farzandlar ota-onasiga yordam bermay, ularga koʻmaklashish koʻra uyqusini, rohatini afzal koʻradi. Bazilar esa ota-onasiga yordam berish oʻrniga televizor koʻrib, telefon o'ynab o'tiradi. Ota-ona farzandining bunday xulqidan ranjiydi, oʻksinadi. 

2. Baʼzi farzandlar koʻchadan turli muammolar orttirib keladi, maktab yoki boshqa teʼlim maskaniga bormay, koʻchalarda sang'ib yuradi, oshnalari bilan har yerda koʻngilxushlik qiladi, natijada ota-onalari boshiga tashvishlar olib keladi.

3.Ayrim farzandlar ota-onalariga yomon muomila qilgani uchun ularning g'azabiga yoki mahzun boʻlishiga sabab boʻladi.

4.Bazi farzandlar oʻzicha ota-onasining kasbini, onasining ish joyini aytishdan xijolat boʻladi. Vaholanki, ota-onalar aynan farzandini deb, ularning rohatini deb ana shunday ishlarni qilishga rozi boʻlganini tushunmaydi. Chunki ota-ona imkoni bo'lsa, farzandi uchun osmondagi oyni olib berishga doimo taylor turadi.

5. Ayrim farzandlar ota-onasiga gapirganda tovushini baland qilib yuboradi, hatto oʻshqiradi, baqiradi.

6. Ayrim farzandlarning juda tillari burro boʻladi, ota-onasini ayiblaydi, hatto haqorat qiladi.

7. Gohida farzandlar katta xatoga yo'l qo'yadi ota-onasiga qoʻl koʻtaradi.

8. Ayrim farzandlar ota-onasidan koʻra oʻrtoqlarini koʻproq yaxshi kuradi, ota-onasi bilan emas, ular bilan koʻproq maslahatlashadi, ularga koʻproq yaxshilik qilib, ota-onasini unutib qo'yadi.

9.Ayrim farzandlar ota-onasini vafot etganidan kiyin ularning nomidan xayr-ehsonlar, sadaqalar qilish uyoqda tursun, hatto duo qilishni  ham esdan chiqarib qoʻyadi. Bu esa nihoyatda achinarli holatdir.

10.Ayrim farzandlar ulg'ayib, biror kasb egasi boʻlgach, qoʻliga biroz pul tegib qolsa, imkoniyatini bilib turib ham ota-onasiga yordam bermaydi, faqat o'zini, bola-chaqasini oʻylaydi. Afsuski, farzandini ne-ne umudlar bilan ulg'aytirgan ota-onaga birovlarning qoʻliga muhtoj boʻlib qolayotgan holatlar ham yo'q emas.

11. Shunday farzandlar ham borki, ota-onasidan boʻlar-boʻlmas narsalarni talab qilaverib, ularni urintirib, qiynab qo'yadi. Mazkur aytilgan holatlarning barchasi ota-onani qattiq ranjitadigan holatlardir. Oq bo'lish uchun ota-onaga oq qildim diyishi shart emas. Ota onaning qalbi ozor cheksa, farzandi sababli qiyin ahvolga tushub qolsa, shuning o'zi o'sha farzandning ota-onaga oq boʻlganidir. Alloh taolo barchamizni bu musibatdan saqlasin.

 

“Imom Termiziy” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 

2 bosqich talabasi Turdialiyev Xabibullo

Izoh qoldirish

Izohlar